O‘zbekiston hududining katta qismida 10-avgust kuni ob-havo quruq va issiq bo‘ladi, harorat 33-38 darajani tashkil qiladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”. Ayrim joylarda shamolning tezligi 15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
11-avgust kuni esa mamlakat hududiga kuchsiz havo oqimi kirishi kutilmoqda. Natijada harorat biroz pasayadi — kechasi 18-23, kunduzi 30-35 darajaga bo‘ladi. Ish haftasining oxiriga kelib harorat ko‘tarila boshlaydi va 33-38 darajani tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, bunday harorat oyning shu davri uchun xos iqlimiy me’yorga yaqindir.
10—11-avgust kunlari respublika tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)