• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyati SSB boshlig‘i: Chirchiqdagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi COVID-19’ni davolashga ixtisoslashmagan

    Toshkent viloyatining bosh infeksionisti murojaat bilan chiqib, Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida uskunalar ajratilmayotgani, va’da qilingan mukofot pullari berilmayotgani to‘g‘risida ma’lum qilgandi. “Kun.uz” nashri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori To‘raqul Arziqulov bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    – To‘raqul Sodiqovich, e’lon qilingan maqolada Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi rahbari o‘z xodimlari nomidan qator e’tirozlar bildirgan. Bu haqda nima deya olasiz?

    – Chirchiq shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi Sog‘liqni saqlash vazirligi reyestriga asosan karantin obyekti, ya’ni koronavirus tasdiqlangan bemorlar uchun emas, birlamchi ular bilan muloqotda bo‘lgan gumondor fuqarolarni saqlab turish obyekti etib belgilangan. Agar bu yerda biror fuqaroda COVID-19 aniqlansa, bemor zudlik bilan COVID-19’ga chalingan bemorlar davolanuvchi maxsus shifoxonasiga yetkaziladi. Bu maskan mutlaqo koronavirusni davolash uchun mo‘ljallangan shifoxona emas.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    To‘g‘ri, pandemiya pik davriga chiqqanda juda ko‘p shifoxonalarga koronavirusga shubha qilingan, ammo kasallik rasman tasdiqlanmagan bemorlar yotqizildi. Hatto o‘sha shifoxonalarda kasallik tasdiqlangan bemorlar ham ma’lum muddat qolib ketdi. Ammo qisqa muddatda bu muammolar bartaraf qilindi, gumondagilar alohida, kasallik tasdiqlanganlar alohida qilib ajratib olindi.

    – Shifoxona rahbari murojaatida mukofot pullari (shifokorlarga 25 million, hamshiralarga 15 million so‘mlik va h.k) rag‘batlantirish mablag‘lari to‘lab berilmayotgani haqida ham aytib o‘tgan. Bunga qanday izoh berasiz.

    – Bu shifoxona xodimlarining Prezident qarori bilan belgilangan koronavirusga qarshi kurashda faol qatnashayotgan shifokorlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish mablag‘lari to‘lanmayotgani haqidagi noroziligi asossiz. Chunki bunday to‘lovlar bilan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolaydigan, SSVning koronavirusni davolashga mo‘ljallangan shifoxonalar ro‘yxatida bo‘lgan shifoxonalar xodimlari rag‘batlantiriladi. Yuqorida aytganimdek, Chirchiqdagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi birlamchi muloqotda bo‘lgan fuqarolar uchun hozirlangan karantin obyekti hisoblanadi.

    Barchaga ma’lumki, shifokorlar uchun 25 million so‘mlik to‘lovlar aynan shu kasallik tasdiqlangan bemorlar yig‘ilgan maxsus shifoxonalarda ishlaganlarga beriladi.

    Bunday shifokorlar ro‘yxati har bir hududda shakllantirilgan, ular 14 kun davomida uzluksiz ishlaydilar va faqat aynan COVID-19 kasalligiga qarshi kurashadilar.

    Bu shifoxonada COVID-19 bilan kasallangan bemorlar bo‘lsa, ular zudlik bilan mazkur kasallik bilan shug‘ullanadigan kasalxonaga o‘kazilishi zarur. Vazirlik buyrug‘ida bu aniq ko‘rsatilgan.

    Chirchiq shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlarni tashish uchun mo‘ljallangan 2 ta maxsus mashinamiz bor. COVID-19 tasdiqlangani haqidagi hujjati taqdim etilganda bemorni shu zahoti boshqarmaga yoki tegishli bo‘limlarga xabar qilgan holda bu bemorlar zudlik bilan kasalxonaga o‘tkazilishi kerak. Aytishim kerakki, maxsus shifoxonalarimizda barcha shart-sharoitlar muhayyo. Karantin obyekti bo‘lgani uchun Chirchiqdagi shifoxonada bu narsa ko‘zda tutilmagan.

    (Savol Toshkent viloyati Moliya boshqarmasi rahbari Zohidxo‘ja Tursunovga): – Zohidxo‘ja aka, to‘lovlar asosan sizlarga bog‘liq. Aynan mana shu klinika va tibbiyot xodimlari uchun to‘lovlar bo‘yicha umumiy holat bo‘yicha ma’lumot bersangiz.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining rasmiy statusi haqida ko‘p marta ta’kidlab aytildi. Ya’ni biz xohlasak ham ular so‘rayotgan 25, 15 million so‘mlik pullarni to‘lay olmaymiz. Bu to‘lovlar boshqa toifa shifokorlar uchun mo‘ljallangani rasman e’lon qilingan va bu shifoxona xodimlariga ham yozma ravishda bildirilgan.

    Ammo norozilik bildirgan viloyat yuqumli shifoxonasi xodimlari belgilangan kunlik 6 foizli ustamalarni to‘liq olganlar. Bu borada birorta e’tiroz bo‘lishi mumkin emas.

    Umuman, rag‘batlantiruvchi mablag‘larga kelsak, hozir bu jarayon shu darajada yo‘lga qo‘yildiki, 14 kunlik ishga kiruvchilarga biz oldindan 40 foizli avans to‘lab qo‘yyapmiz va muddati yakunlanishi bilan pullarini to‘liq olishadi.

    – To‘raqul Sodiqovich, murojaatda shifoxonada reanimatsiya bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilib berilmagani ham tilga olingan. Tibbiyot boshqarmasiga qilingan murojaat ham javobsiz qolgani, shifoxona kerakli uskunalar bilan ta’minlanmagani aytiladi.

    – Shu yilning mart—aprel oyilarida Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi sa’y-harakatlari bilan 9 o‘rinli reanimatsiya bo‘limi tashkil etildi. Tabiiyki, bo‘limni tashkillashtirish, kerakli me’yoriy hujjatlarni taqdim etish, qolaversa, kadrlarni tayyorlash va ishga olish majburiyati bosh shifokorga yuklangan. Lekin afsus, pandemiya sharoitida bu vazifalarni boshqarmaning o‘zi bajardi. Malakali tibbiyot xodimlarini yig‘ib, o‘zimiz 9 o‘rinli reanimatsiya bo‘limi tashkillashtirib berdik. 2 ta sun’iy nafas oldirish apparati, kardiogrof, 6 ta kislorod balloni, 3 dona oksigenator berganmiz o‘sha paytda. Chunki ba’zi og‘ir ahvoldagi bemorlar kelishi mumkinligi hisobga olingan.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Albatta, reanimatsiya bo‘limi tashkil etilganidan keyin, narkotik va psixotrop dorilar ishlatiladi. Ming afsuski, Guljahon Toyirovna rahbarlik qilayotgan ushbu shifoxona haligacha litsenziya olmagan. Talab darajasidagi xonalar qilinmagan.

    Biz bu masalada Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilishga majbur bo‘ldik. Garchi litsenziya bo‘lmasa-da, birlashma bemorlarning hayotini o‘ylab narkotik-psixotrop moddalarni berib turibdi. Vaholanki, yuqumli kasalliklar shifoxonasi yuridik jihatdan to‘laqonli muassasa hisoblanadi. Ular 3 yil avval bu narsani to‘liq shakllantirib, o‘zlari hujjatlarni taqdim qilishi zarur edi. Afsuski, bu ish hamon bajarilmagan.

    Qizig‘i, aynan shu shifoxonaning qator xodimlari ta’minot bo‘yicha savollar tug‘ilaverganidan so‘ng jamoaviy tarzda alohida videomurojaat yo‘llashgan va hech qanday kamchilik yo‘qligini bildirishgan. Kelib chiqadiki, shifoxona xodimlari o‘rtasida ham guruhlarga bo‘linish yuzaga kelib qolgan.

    – Umuman, shifoxonaning kelgusi taqdiri nima bo‘ladi? U yopilib ketishi bo‘yicha ham xabarlar chiqqan.

    – 80 o‘rinli Chirchiq shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi joylashgan hududda viloyat hokimi tashabbusi bilan 320 o‘rinli COVID-19 bilan “shug‘ullanadigan” yangi shifoxona tashkil etildi. Bu yerda barcha kerakli shart-sharoitlar yaratilgan. Endi o‘ylab ko‘raylik, barcha qulayliklarga ega, narkotik-psixotrop preparatlar saqlanadigan reanimatsiya bo‘limiga ega, malakali shifokorlar xizmat qilayotgan shifoxona bo‘la turib, 80 o‘rinli joyni COVID-19 davolanuvchi shifoxona qilib bersak, bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi-ku.

    Shuning uchun boshqarmamizning buyrug‘iga asosan, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi hozirgi bemorlarni to‘laqonli o‘sha yangi shifoxonaga o‘tkazish haqida ko‘rsatma berildi. Ming afsuski, Guljahon Yuldosheva bunga to‘sqinlik qilyapti. 10 kundan oshmasligi kerak bo‘lgan o‘rinlarda, bemorlarni 15 kungacha ushlab turgan holatlari kuzatilmoqda. Bu borada hatto alohida buyruq chiqarishga majbur bo‘ldik. Rahbariyatni buyrug‘ini bajarmaslik noto‘g‘ri, deb o‘ylayman.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Bu shifoxona COVID-19’dan boshqa yuqumli kasalliklar bo‘yicha o‘z faoliyatini davom ettiradi. Chunki bunday kasalliklarning turi ko‘p. Koronavirus pandemiyasi deb, u kasalliklar kutib turmaydi. Ayniqsa, hozirda mavsumiy yuqumli kasalliklar kirib kelyapti. Gepatit, gripp, diareya kabi kasalliklar doim bo‘lgan. Biz albatta, bu tibbiyot maskanini to‘lqonli dezinfeksiya qilib, ta’mirlash ishlarini olib boramiz. Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. Uning faoliyati, barcha zarur bo‘lgan sharoitlar yaratib beriladi.

    – Siz va Guljahon Yuldasheva o‘rtangizdagi birinchi holat emas bu. Umuman, o‘zingiz viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidagi muhitni qanday baholaysiz? Boshqa shifoxonalar bilan ham shu kabi ziddiyatlar bormi?

    – Guljahon Toyirovna o‘sha intervyusida “Men Prezident qaroriga ko‘ra bu yerga ishga kelganman” debdi. Aslida davlat rahbarining bunday qarori yo‘q, u ham, men ham rahbar kadrlarni shakllantirish bo‘yicha 2017-yil 8-avgustdagi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilish bayonnomasiga ko‘ra hududlarga jo‘natilganmiz.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Hozir viloyatda 28 ta davolash-profilaktika muassasalari bo‘lsa, shu paytga qadar birortasida bu kabi tushunmovchilik bo‘lmagan. Faqatgina shu yuqumli kasalliklar shifoxonasida kelishmovchilik kelib chiqmoqda. Agar uning faoliyatiga nazar solsak, bir necha kamchiliklar ko‘zga tashlanadi. Qo‘limda Chirchiq shahar prokuraturasining taqdimnomasi bor. Unga asosan budjet mablag‘lari noqonuniy sarflanishi, smetalar xarajatlarida katta moliyaviy hisobda xatoliklar bo‘lgani ko‘rsatilgan. Tergov boshqarmasining taqdimnomasida esa, ishga olishdagi, ta’til pullarini to‘lab berilmagani keltirilgan. Boz ustiga, ichki audit nazorat bo‘limini taqdimnomalari ham bor.

    Oxirgi ikki-ikki yarim yil ichida aynan shu shifoxonada moliyaviy va boshqa jihatlardan ko‘plab kamchiliklar, noqonuniy xatti-harakatlar amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi. Shunday holatda rahbar baho beradi-da. Albatta, o‘rgatishga, o‘zgartirishga harakat qilamiz, kerak bo‘lsa tanbeh beramiz. Chunki davlatning har bir so‘m puli o‘zidan o‘zi kelmaydi. Bu – xalqning puli. Boshqa biror bir tashkilotimizda biror bir e’tiroz yo‘q. Biz xuddi bir oiladekmiz, juda inoqmiz.

    Bugungi sinovli paytda har bir inson o‘z o‘rnini bilgan holda, qo‘shimcha mas’uliyat bilan, fidoyilik bilan hayot kechirishi kerak. Bunaqangi ofatlar faqat hamjihatlik bilan yengib o‘tiladi. Bu holat bir tizimning rahbari sifatida menga juda noqulay. Bu yerda hammamizda ayb bor, deb o‘ylayman. Biz to‘g‘ri xulosa qilamiz. Guljahon Toyirovna va tashkiloti bilan yana qo‘shimcha ishlaymiz. O‘ylaymanki, bu kelishmovchilik vaqtinchalik. Hammasi o‘tib ketadi.

    Mavzuga doir: 

    • Chirchiqdagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining barcha tibbiyot xodimlari ishdan ketib qolgani rad etildi
    • Chirchiqdagi shifokorlar: “Mehnat shartnomasi yo‘q, bemorlar uchun dorilar yo‘q”

    10.08.2020, 15:42   Izoh (0)   27745
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston musulmonlari idorasiga yangi muftiy tayinlangani rad etildi

    10.08.2020, 15:12

    Ulug‘bek shaharchasining aholisi Toshkent viloyati tarkibiga o‘tishga qarshi chiqdi

    10.08.2020, 14:26

    O‘zbekistonda masjidlar 15-avgustdan so‘ng bosqichma-bosqich ochilishi kutilmoqda

    10.08.2020, 13:36

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    10.08.2020, 13:16

    “Ko‘chada tani-joni sog‘ odamlarni ko‘rib, havas qilib yig‘layman”. Dahshatli yong‘indan omon qolgan sobiq imom yaxshi insonlarning yordamiga muhtoj

    10.08.2020, 12:29

    Qibrayda chamadon ichidan Oliy sud sobiq xodimining jasadi topildi

    10.08.2020, 11:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Heyli Biber o‘zining Rhode kosmetika brendini sotdi

    Layfstayl | 29 may, 18:25

    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

    Reklama | 29 may, 18:00

    Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Kongress markazi xiyobonida birgalikda daraxt ekdi

    O‘zbekiston | 29 may, 18:18

    Latviyada deputatlarga rus tilida muloqot qilish taqiqlandi

    Dunyo | 29 may, 18:15

    AQSH sudi Trampga boj joriy etishni taqiqlaydi

    Dunyo | 29 may, 18:05

    Bir oy davomida har kuni 10 ming qadam yurilganida organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

    Layfstayl | 29 may, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.