Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 250-maktab o‘quvchilari Guliruhbonu Shokirova va Abdulvoris Mirkomilov xorijning 30 dan ortiq universitetiga talabalikka qabul qilindi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2019/2020-o‘quv yili bitiruvchisi Guliruhbonu Shokirova maktabni oltin medal bilan tamomlagan ilk o‘quvchilaridan biri hisoblanadi.
Abdulvoris Mirkomilov ham fan olimpiadalarida munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarga ega bo‘lgan.
“Guliruhbonu Shokirova 33 ta, Abdulvoris Mirkomilov 35 ta universitetga talabalikka qabul qilindi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Xabarda maktab bitiruvchilari aynan qaysi universitetlarga o‘qishga kirgani to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
Yanvar oyida o‘zbekistonlik yigit Tataristonda “Yil talabasi” bo‘lgani, endi u dunyoning istalgan oliygohida o‘qishni bepul davom ettirishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)