YouTube’dagi Warped Perception kanali to‘g‘ri va o‘nqir-cho‘nqir yo‘lda harakatlanayotgan Mercedes-Benz E55 AMG g‘ildiragi ichida nimalar sodir bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Buning uchun GoPro kamerasi pokrishka ichiga joylashtirilgan.
Tasvir tiniqligini ta’minlash maqsadida pokrishka va diska o‘rtasiga g‘ildirak ichini harakat vaqtida yoritib turuvchi fonar o‘rnatilgan. Smartfonga to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatilgan videodan ko‘rish mumkinki, yaxshi va yomon yo‘lda harakatlanayotgan pokrishkalar holati farqlanadi.
Tajriba davomida o‘nqir-cho‘nqir asfaltdagi shina shu qadar deformatsiyaga uchraganki, kamerani tushirib yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirlarida YouTube’dagi Welker Farms kanali yagona nusxada ishlab chiqarilgan dunyodagi eng katta traktor — Big Bud 16V-747’ga yangi shinalar o‘rnatilgani tasvirlangan video bilan bo‘lishgandi.
Izoh (0)