• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sotqin generalning o‘limi. 1946-yil 3-avgust – Gitlerga xizmat qilgan general Vlasov qatl etilgan kun

    General Andrey Vlasov haqida turli qarashlarga ega bo‘lgan nuqtayi nazarlar shu darajada ko‘pki, aftidan ushbu tarixiy shaxsning salbiy qiyofasi mutlaqo aniq emas. Andrey Vlasov haqida rus tarixchilari va jamoat arboblarining baholari ham turlicha shakllangan. Hatto ayrimlar uni vatan xoini sifatida emas, balki bolshevizm va stalinistik totalitarizmga qarshi kurashchi sifatida taqdim etishga harakat qiladi. Shu bilan birga, Andrey Vlasovning Yevropa xalqlariga qarshi genotsid uyushtirgan va Sovet Ittifoqining eng ashaddiy dushmani bo‘lgan Gitler Germaniyasi tomonida turib jang qilgan armiya tuzgani tarixiy faktdir. “Daryo” general Andrey Vlasovning faoliyati va taqdiri haqida hikoya qiladi.

    General Andrey Vlasov.

    General Andrey Vlasov.
    Foto: Google Photos

    Stalin qo‘mondoni

    Atigi to‘rt yil ichida Andrey Vlasov eng istiqbolli va obro‘li Sovet generallari safidan Sovet Ittifoqining “birinchi raqamli xoini” mavqeyiga o‘tishga ulgurdi. Rossiyadagi fuqarolar urushi paytida Qizil armiya safiga qo‘shilgan 18 yoshli Andrey Vlasov 21 yoshga kelib shaxsiy tarkib va qo‘mondonlik lavozimlarini egallagan. 39 yoshida esa 99-o‘qchi diviziyasining qo‘mondoni va general-mayor rutbasiga ega bo‘lgan.

    Uning qo‘mondonligi ostidagi diviziya Kiyev harbiy okrugidagi eng ilg‘or bo‘linmaga aylangan. Vlasovning o‘zi Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlandi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishida esa Vlasov Lvov shahri yaqinida joylashgan 4-mexanizatsiyalashgan korpus qo‘mondoni edi. Keyin Iosif Stalinning shaxsan o‘zi generalni oldiga chaqirib, unga 20-armiyani tuzishni buyuradi. Ushbu armiyaga Vlasovning o‘zi qo‘mondonlik qiladi.

    Vlasovning jangchilari, ayniqsa, nemislarga qarshi Moskva yaqinidagi janglarda alohida ajralib turgan, shu sababli hatto maxsus topshiriq bilan Qizil armiya bosh siyosiy boshqarmasi tomonidan Vlasov haqidagi “Stalin qo‘mondoni” nomli kitob yozildi. 1942-yil 8-martda general-leytenant Vlasov Volxov fronti qo‘mondonining o‘rinbosari etib tayinlandi va oradan biroz vaqt o‘tib, ushbu lavozimni saqlab qolgan holda 2-armiya bosh qo‘mondoni bo‘ldi.

    Shunday qilib urushning birinchi yilida Andrey Vlasov Iosif Stalinning shaxsiy simpatiyasiga erishgan va Sovet Ittifoqining eng qobiliyatli harbiy rahbarlaridan biri deb hisoblangan. Kim biladi, agar o‘shanda Vlasov qurshovga olinib asirga tushmaganida, ehtimol, u marshall unvoniga ko‘tarilib, xoin emas, balki qahramonga aylangan bo‘lar edi.

    Dushman tarafiga o‘tib ketish

    Ammo 1942-yil 12-iyul kuni Vlasov nemislar tomonidan qo‘lga olinib asirga tushdi, oxir-oqibat Gitler Germaniyasi bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ldi. Fashistlar uchun eng qobiliyatli Sovet harbiy rahbarlaridan birini “Stalin qo‘mondoni” bo‘lgan general-leytenantni o‘z tomoniga og‘dirib olish juda katta yutuq edi. 1942-yil 27-dekabrda Vlasov fashistlar harbiy rahbariyatiga sobiq Sovet harbiy asirlari ichidan Gitler Germaniyasi tomon o‘tishga rozi bo‘lgan va shuningdek, sovet rejimidan norozi bo‘lgan boshqa insonlar orasidan “Rossiya ozodlik armiyasi”ni tashkil etishni taklif qildi.

    Foto: Google Photos

    ROAning siyosiy rahbariyati uchun “Rossiya xalqlarini ozod qilish qo‘mitasi” tuzildi. RXOQQ safiga nafaqat fashistlar Germaniyasi tomoniga o‘tgan Qizil armiyaning yuqori martabali harbiylari, balki fuqarolar urushi paytida Oq armiya safida tanilgan ko‘plab harbiylar, jumladan, general-mayor Andrey Shkuro, ataman Pyotr Krasnov, general Anton Turkul va boshqalar ham qo‘shilgan.

    Vlasov shtabining boshlig‘i sifatida sobiq sovet generali, general-mayor Fyodor Truxin tayinlangan bo‘lib, u qo‘lga olinishidan oldin shimoli-g‘arbiy front shtab boshlig‘ining o‘rinbosari edi va qo‘lga olinganidan keyin Germaniya hukumati bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan. 1945-yil 22-aprelga qadar Rossiya xalqlarini ozod qilish qo‘mitasining Qurolli kuchlari tarkibida turli xil bo‘linmalar paydo bo‘ldi, jumladan, piyoda qo‘shinlari, kazaklar korpusi va hattoki harbiy havo kuchlari ham bor edi.

    Qo‘l ostidagilarni tashlab qochmagan general

    Fashistlar Germaniyasining Ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyati sobiq Sovet leytenanti Andrey Vlasov va uning tarafdorlarini juda qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Ayniqsa, Vlasov xoin sifatida Sovet hukumati tomonidan kechirilishiga ishonmasdi va u buni juda yaxshi tushunardi. Shunga qaramay, u negadir bir necha bor taklif qilingan qochish variantlaridan voz kechdi. Vlasovga birinchi bo‘lib boshpana bermoqchi bo‘lganlardan biri Ispaniya diktatori Fransisko Franko edi. Franko o‘z taklifini 1945-yilning aprel oyi oxirida Germaniyaning mag‘lub bo‘lishiga sanoqli kunlar qolganida taqdim qildi.

    Ispan diktatori Vlasov uchun uni Pireney yarimoroliga olib boradigan maxsus samolyot jo‘natmoqchi edi. Garchi Ispaniya Ikkinchi jahon urushida faol ishtirok etmagan bo‘lsa ham Franko Vlasovga nisbatan ijobiy munosabatda edi, chunki uni antikommunistik kurashda sherik sifatida ko‘rardi. Ehtimol, agar Vlasov Frankoning taklifini qabul qilganida u Ispaniyada baxtli yashagan bo‘lardi. Chunki Franko Vlasovga qaraganda ancha qonli bo‘lgan ko‘plab fashist jinoyatchilarini ham o‘z yurtida muvaffaqiyatli yashirgan. Ammo ROA qo‘mondoni Ispaniyaga ketishdan bosh tortdi, chunki u o‘z qo‘l ostidagilarni taqdir qo‘liga qoldirishni istamadi.

    Keyingi taklif qarama-qarshi tomondan keldi. Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, Andrey Vlasov Amerika qo‘shinlarining ishg‘ol zonasida edi. 1945-yil 12-mayda Vlasov joylashgan zona komendanti lavozimini egallab turgan kapitan Donaxyu sobiq ROA komandirini Amerika zonasining ancha ichkari qismiga kiritib yuborishni taklif qildi. U Vlasovga Amerika hududidan boshpana berishga tayyor edi, ammo Vlasov bu taklifni ham rad etdi. Chunki u nafaqat o‘zi uchun, balki o‘zining barcha askarlari va ofitserlari uchun ham panoh so‘rashni istagandi.

    Foto: Google Photos

    Moskva. Lubyanka

    Shu kuni 1945-yil 12-mayda Vlasov Amerika istilo zonasiga kirib bordi. U Plzen shahridagi AQSh ning 3-armiya shtab-kvartirasida Amerika qo‘mondoni bilan uchrashuvga erishmoqchi edi. Biroq yo‘lda Vlasovning mashinasi 1-Ukraina frontining 13-armiyasining 25-tank korpusi xizmatchilari tomonidan to‘xtatildi. ROA sobiq qo‘mondoni hibsga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, ROAning sobiq kapitani P.Kuchinskiy sovet zobitlariga qo‘mondonning qayerdaligi haqida ma’lumot bergan. Andrey Vlasov 1-Ukraina fronti qo‘mondoni marshal Ivan Konevning qarorgohiga olib borildi. Vlasov Konevning shtab-kvartirasidan tezda Moskvaga olib ketildi.

    Vlasovning Rossiya xalqlarini ozod qilish qo‘mitasi va Rossiya ozodlik armiyasi qo‘mondonligidagi eng yaqin sheriklari taqdiriga keladigan bo‘lsak, generallar Jilenkov, Malishkin, Bunyachenko va Maltsevlar Amerika ishg‘ol zonasiga yetib borgan. Biroq bu ularga yordam bermadi. Amerikaliklar Vlasovning generallarini bir zumda sovet kontrrazvedkasiga topshirdi, shundan keyin ularning hammasi Moskvaga jo‘natildi. Vlasov va uning generallari hibsga olingandan so‘ng, RXOQQni ROAning general-mayori, sobiq sovet zobiti Mixail Meandrov boshqargan. Ammo Meandrov ham ozodlikda uzoq vaqt yurmadi.

    U amerikaliklar tomonidan asirlar uchun tashkil etilgan yerga joylashtirilgan va u yerda uzoq vaqt qolib ketgan. 1946-yil 14-fevralda urush tugaganidan deyarli bir yil o‘tgach, u ham Amerika qo‘mondonligi tomonidan sovetlarga topshirilgan. Uni Sovet Ittifoqiga topshirmoqchi ekanliklarini bilib, o‘z joniga qasd qilishga uringan, ammo yuqori martabali mahbusning qo‘riqchilari bu urinishni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Meandrov Moskvaga — Lubyankaga olib kelindi va u yerda Andrey Vlasov ishida ayblanuvchilarning qolgan qismiga qo‘shildi.

    SMERShdagi tergov

    Shu vaqt ichida SSSRdagi ommaviy axborot vositalarida “birinchi raqamli xoin”ning hibsga olingani haqidagi xabarlar berilmagan. Vlasov ishining tergovi katta davlat ahamiyatiga ega edi. Sovet hokimiyatining qo‘lida shunchaki general emas, asirga tushgach natsistlar tomoniga o‘tib, antisovet kurashini olib borgan va uni mafkuraviy mazmun bilan to‘ldirishga harakat qilgan inson bor edi.

    Moskvaga kelganidan so‘ng uni Kontrrazvedka bosh boshqarmasi SMERShning boshlig‘i general-polkovnik Viktor Abakumov shaxsan so‘roq qilgan. Abakumov tomonidan birinchi so‘roqdan so‘ng Andrey Vlasov Lubyankadagi ichki qamoqxonaga 31-sonli maxfiy mahbus sifatida joylashtirilgan. Generalning asosiy tergovi 1945-yil 16-mayda boshlandi. Vlasovni “konveyerga qo‘yishgan”, ya’ni doimiy ravishda uzluksiz so‘roq qilishgan. Faqat tergovchilar va Vlasovni qo‘riqlayotgan soqchilar almashib turardi xolos. O‘n kunlik uzluksiz so‘roqlardan keyin Andrey Vlasov o‘z aybini to‘liq tan oldi. Ammo uning ishi bo‘yicha tergov yana sakkiz oy davom etdi.

    Foto: Google Photos

    Tergov 1945-yil dekabr oyiga kelibgina tugadi va 1946-yil 4-yanvarda general-polkovnik Abakumov Iosif Stalinga Rossiya xalqlarini ozod qilish qo‘mitasining rahbarlari, Andrey Vlasov va uning sheriklari SMERShning bosh boshqarmasida ushlab turilgani to‘g‘risida xabar berdi. Abakumov vatanga xiyonat uchun hibsga olinganlarning barchasini osib o‘ldirish kerakligini taklif qildi.

    Sud

    Abakumov Andrey Vlasov ishi bo‘yicha tergov yakunlangani to‘g‘risida Stalinga xabar berganidan keyin oradan yana yetti oy vaqt o‘tdi. 1946-yil 23-iyulda Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining Siyosiy byurosi Vlasov, Jilenkov, Malishkin, Truxin va boshqa bir qator aybdorlarning ishi SSSR Oliy sudining Harbiy hay’ati tomonidan yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishi bo‘yicha qaror qabul qildi.

    “Vlasovchilar” ishi bo‘yicha sud 1946-yil 30-iyulda boshlandi. Sud majlisi ikki kun davom etdi. SSSR Oliy sudining Harbiy hay’at a’zolari Vlasov va uning sheriklariga hukm chiqarishdan oldin masalani yetti soat davomida muhokama qilishdi.

    Hukm

    1946-yil 1-avgustda Andrey Vlasov va sheriklari osib o‘ldirish orqali ijro etiluvchi o‘lim jazosiga hukm qilindi. 3-avgust kuni osib o‘ldirilgan Vlasov va “vlasovchilar”ning jasadlari maxsus krematoriylarda yoqildi va kullari Moskvadagi Donskoy monastiri yaqinidagi noma’lum xandaqqa sochib yuborildi. Shunday qilib, o‘zini Rossiya xalqlarini ozod qilish qo‘mitasi raisi va Rossiya ozodlik armiyasining bosh qo‘mondoni deb atagan general Andrey Vlasovning hayotiga nuqta qo‘yildi. Ushbu bir guruh yuqori martabali insonlarning qatl qilinishi Gitlerga xoinlik qilgan nemis zobitlarining taqdiriga o‘xshash bo‘ldi. Ammo bu endi umuman boshqa hikoya.

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    03.08.2020, 21:32   Izoh (0)   130083
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pandemiya bilan yashayotgan dunyo — suratlarda

    03.08.2020, 20:39

    Ukraina IIV Kiyevda bankni portlatish bilan tahdid qilgan o‘zbekistonlikning ruhiy nosog‘lom ekanini tasdiqladi

    03.08.2020, 20:03

    Kiyevda bank bo‘limini portlatish bilan tahdid qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi (video)

    03.08.2020, 17:20

    “Gidroksixloroxinning koronavirusga qarshi samarasi biror mukammal tadqiqotda isbotlanmagan” — Entoni Fauchi

    03.08.2020, 17:18

    Kiyevda O‘zbekiston fuqarosi bank bo‘limini portlatish bilan tahdid qildi

    03.08.2020, 16:44

    Rossiyada 2021-yildan boshlab har oyda koronavirusga qarshi millionlab doza vaksina ishlab chiqariladi

    03.08.2020, 14:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada qishloq xo‘jaligi vaziri o‘ziga guruch sovg‘a qilinayotganini tan olgach, mojaro avj oldi

    Dunyo | 19 may, 19:25

    Nostalgiya: 20 yil avval hammaning orzusi bo‘lgan afsonaviy telefonlar (foto)

    Layfstayl | 19 may, 19:12

    Namanganda esdalikka video olmoqchi bo‘lgan bitiruvchilarga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 19:03

    Xitoyda amaldorlarga tushlik paytida tansiq taomlar tanovul qilish taqiqlandi

    Dunyo | 19 may, 18:53

    Farg‘onada to‘yda tomosha ko‘rsatgan haydovchilar jazolandi (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 18:49

    Joriy yil yakunigacha inflyatsiya 8 foizga pasayishi kutilmoqda — Markaziy bank

    Iqtisodiyot | 19 may, 18:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.