Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov 27-iyulidan buyon Toshkent shahrida davolanmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Qayd etilishicha, Qobul Tursunov o‘tgan 4 kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan standartlar asosida davolash kurslarini o‘tamoqda.

“Navoiy viloyati hokimi to‘liq davolanib, yaqin kunlarda ish faoliyatini davom ettiradi”, — deyiladi ma’lumotda.

Shu bilan birga, xabarda Navoiy viloyati hokimi aynan qaysi kasallikdan davolanayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq, Buxoro viloyatining sobiq hokimi, hozirda bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalinib davolanayotgani, shuningdek, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovda ham koronavirus aniqlangani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 18-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, senator Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi. Yerniyazov Nukusda, Bobolov esa Toshkentda davolanayotgani va ularning ahvoli barqaror ekanligi ham ma’lum qilingan. 30-iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir, u sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangani ma’lum qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi