O‘zbekistonda 30-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 287 kishiga ko‘payib, umumiy kasallanganlar soni 22 872 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 58 nafari Toshkent shahridagi karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
  • 116 nafari Toshkent viloyatida;
  • 43 nafari Samarqand viloyatida;
  • 23 nafari Andijon viloyatida;
  • 15 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 11 nafari Navoiy viloyatida;
  • 11 nafari Namangan viloyatida;
  • 10 nafar Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 12 937 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (57 foiz) sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 132 kishiga yetgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha esa COVID-19 qurbonlari soni 138 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirda mamlakatda 9 803 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 365 nafari og‘ir, 172 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.