O‘zbekistonda 29-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 276 nafarga ko‘payib, jami kasallanish holatlari soni 22 169 taga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ma’lum qilishlaricha, yangi kasallanish holatlarining
- 153 tasi Toshkent viloyatida,
- 51 tasi Toshkent shahrida,
- 30 tasi Namangan viloyatida,
- 12 tasi Sirdaryo viloyatida,
- 12 tasi Farg‘ona viloyatida,
- 11 tasi Qashqadaryo viloyatida,
- 4 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 3 tasi Navoiy viloyatida
Qayd etishlaricha, hozirda O‘zbekistonda 9 777 nafar bemorga “shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda” — ulardan 297 nafari og‘ir ahvolda, shundan 88 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirgacha O‘zbekitsonda 12 265 kishi koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan, SSV hisobi bo‘yicha 127 kishi COVID-19 asoratlaridan vafot etgan (“Daryo” hisobi bo‘yicha qurbonlar soni kamida 133 nafarni tashkil etadi). Xususan, 27-iyul tongida Toshkentda 52 yoshli erkak vafot etgani haqida xabar berildi, biroq uning aynan qaysi sanada vafot etgani ma’lum emas.
Izoh (0)