Futbol bo‘yicha uch karra Jahon chempioni braziliyalik Pele “Yuventus” va Krishtianu Ronalduni A Seriyadagi chempionlik bilan tabrikladi.

Foto: “TASS”

“Krishtianu — muvaffaqiyat har doim o‘z ishiga sodiq va uni sevadiganlarga nasib etishini namoyish qiladigan zamonaviy sportchi. Shuningdek, ajoyib o‘yinchilar — Duglas Kosta, Aleks Sandro va Danilo Luisni ham ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. “Yuventus”ni Italiya chempionatidagi g‘alabasi bilan tabriklayman”, — deydi Pele.

“Yuventus” ketma-ket to‘qqizinchi marta (2011/2012, 2012/2013, 2013/2014, 2014/2015, 2015/2016, 2016/2017, 2017/2018, 2018/2019, 2019/2020-yillarda) Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Umumiy hisobda bu “keksa sinyora”ning mamlakat chempionatidagi 36-g‘alabasi bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, “Yuventus” Ronalduni 2018-yilning yozida 117 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan. Bu mavsumda 35 yoshli portugaliyalik hujumchi A Seriyaning 32 uchrashuvida maydonga tushib, 31 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Turin klubi bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ronalduning “Yuventus” safidagi eng sara gollar va fintlarini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir: