Football 365 portali futbol tarixida ortiqcha baho berilgan o‘yinchilar reytingini e’lon qildi.

Foto: TODAY Sports

Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan Braziliya terma jamoasi afsonasi Pele o‘rin oldi. U uch marta Jahon Chempionligini qo‘lga kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, Pele 1962-yilgi musobaqaning katta qismini jarohat sabab o‘tkazib yuboradi, qolgan ikkitasida esa yulduz futbolchi hisoblanmagan. Faoliyatining deyarli barcha qismini Braziliyada o‘tkazgan. Uning qurolli kuchlar chempionatida urgan gollari ham umumiy statistikasidan joy olgan.

Ikkinchi o‘ringa Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi David Jinola loyiq ko‘rildi. Kuchli uchlikni yana bir braziliyalik futbolchi Roberto Karlos yakunlab berdi.

E’tiborlisi, kuchli o‘nlikning yarmi braziliyalik futbolchilardan tashkil topdi. Undan hozirgi vaqtda faoliyatida davom etayotgan Filippe Koutinyo, Neymar va Halk kabi o‘yinchilar o‘rin oldi.

Top-10 bilan tanishing:

  1. Pele (“Santos” sobiq o‘yinchisi)
  2. David Jinola (“Tottenhem” sobiq futbolchisi)
  3. Roberto Karlos (“Inter” va “Real” sobiq himoyachisi)
  4. Klod Makelele (PSJ, “Chelsi” va “Real” sobiq futbolchisi)
  5. Georgiy Kinkladze (“Manchester Siti” va “Ayaks” sobiq futbolchisi)
  6. Filippe Koutinyo (“Barselona” / “Bavariya”)
  7. Neymar (PSJ)
  8. Pol Skoulz (“Manchester Yunayted” sobiq o‘yinchisi)
  9. Hidetoshi Nakata (“Parma”, “Roma” va “Fiorentina” sobiq o‘yinchisi)
  10. Halk (“Shanxay SIPG”).

Mavzuga doir: Futbol tarixidagi eng yaxshi jarima zarbalari ustalaridan iborat ramziy terma jamoa tuzildi. Undan Ronaldu va Messiga joy topilmadi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!