So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12212.07
    • RUB 127.16
    • EUR 12992.42
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Rossiyaning Ximki shahrida Moskvada terakt uyushtirishni rejalashtirgan Markaziy Osiyo fuqarosi yo‘q qilindi

    27.07.2020, 20:34 55273

    Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Ximki shahrida bo‘lib o‘tgan otishmada Moskvadagi odamlar ko‘p to‘planadigan joyda uyushtirilishi rejalashtirilgan teraktning oldini oldi va uni rejalashtirgan Markaziy Osiyo fuqarosini yo‘q qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

    Foto: RT

    Foto: RT

    Ma’lum qilinishicha, terakt maxsus xizmat xodimlari hamda Ichki ishlar vazirligi va Rossiya Tergov qo‘mitasi xodimlari hamkorligida bartaraf qilingan.

    Qayd etilishicha, maxsus xizmat va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari Ximki shahridagi tashlandiq garajlar hududida shubhali erkakni aniqlagan. Erkak uni qo‘lga olish va hujjatlarini tekshirish jarayonida kuch tuzilmalariga qarata avtomatdan o‘t ochgan.

    Otishma vaqtida jinoyatchi yo‘q qilingan. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish paytida jinoyatchining yonida “AK-74” avtomati, uchta o‘qlangan o‘qdon, ikkita “F-1” va bitta “RGD” granatasi topilgan.

    Bundan tashqari, FXX jinoyatchi tomonidan ijaraga olingan kvartiradagi tintuv paytida uning Suriyadagi xalqaro terrorchilar emissarlari bilan bog‘liqligi va odamlarni ommaviy o‘qqa tutishga tayyorgarlik ko‘rgani haqida qo‘shimcha ma’lumot olingan.

    Ayni paytda yo‘q qilingan jinoyatchining Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, uning akasi Moskva viloyatida qo‘lga olingan, u tanishlari orqali ukasini xalqaro terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun Suriyaga borishdan qaytarish uchun bir necha kun davomida qidirgan. Ayni paytda terrorchining ehtimoliy sheriklarini qidirish ishlari olib borilmoqda.

    Ma’lum qilinishicha, jinoiy ish bo‘yicha sud-ballistik ekspertizalar tayinlangan. Ushbu holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralari xodimining hayotiga tajovuz qilish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

    Otib tashlangan jinoyatchining akasi ma’lum qilishicha, ukasi ikki hafta oldin g‘oyib bo‘lgan va u ukasining yo‘qolgani haqida Rossiya Ichki ishlar vazirligiga darhol xabar bergan.

    “Men uning suriyalik terrorchilar bilan aloqada bo‘lganidan shubhalana boshladim. Ikki hafta oldin u bedarak yo‘qoldi. Men darhol Rossiya Ichki ishlar vazirligiga xabar berdim”, — deya ma’lum qilgan jinoyatchining akasi.

    “Interfaks”ning aniqlashicha, jinoyatchining yonidan 19 yoshli Tojikiston fuqarosi Odil Qayumovning hujjatlari topilgan.

    Avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskva, Novosibirsk shaharlarida va Krasnoyarsk o‘lkasida “O‘zbekiston islom harakati”ning 22 nafar a’zosini qo‘lga olib, teraktning oldini olgandi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘istonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

    Bugun, 14:10

    Vengriyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Bugun, 13:58

    O‘zbekistonda ko‘kyo‘tal kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyat haqida ma’lumot berildi

    Bugun, 13:52

    Nima sababdan chaqaloqlar tunda yaxshi uxlamaydi?

    Bugun, 13:44

    Toshkent shahrida salkam 4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

    Bugun, 13:38

    Novey kompaniyasi rebrending o‘tkazdi. Kompaniyani qanday o‘zgarishlar kutmoqda

    Bugun, 12:00

    Uy interneti Beeline mobil tarmog‘i orqali

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi

    Bugun, 13:29

    “Britni janob Spirsga qarshi”: Shou-biznes yulduzlarining shov-shuvli hayoti haqidagi hujjatli filmlar

    Bugun, 12:57

    Qonunchilik palatasi va Senatga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati berilmoqda

    Bugun, 12:47

    “Tolibon” yarim yilda 4 mingga yaqin odamni giyohvand moddalar savdosida ayblab hibsga oldi

    Bugun, 12:35

    Tavsiya etamiz

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    22:00 / 24.09.2023

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    10:00 / 24.09.2023

    Zelenskiyning qo‘riqchisi Nyu-Yorkda mushtlashdi — OAV (video)

    23:00 / 24.09.2023

    “Putin atrofidagilar bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqishni o‘ylamoqda” — siyosatchi

    19:00 / 24.09.2023

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    09:00 / 24.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?