O‘zbekistonda 2020-yil 25-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 197 kishida koronavirus aniqlandi va infeksiya qayd etilganlar soni 19 952 nafarga yetdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining
- 169 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
- 20 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
- 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bir kunda 359 nafar bemor tuzalishi — yangi rekord hisoblanadi.
Shu tariqa O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 10 831 nafarga yetdi va kasallikdan davolanish ko‘rsatkichi 54 foizni tashkil etmoqda.
“Hozirda mamlakatimizda 9 010 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.
Ayni paytgacha SSV hisobi bo‘yicha 111, “Daryo” hisobi bo‘yicha 117 nafar bemor koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
Izoh (0)