Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Manchester Siti” — “Real” (birinchi o‘yin 2:1) javob uchrashuvi o‘tkazilishi so‘roq ostida qolmoqda.
AS xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukumati 26-iyuldan boshlab, mamlakatga Ispaniyadan kirganlar uchun 14 kunlik karantin joriy etgan, boisi Pireney yarim orolida kasallik tarqalishi yana avj olgan.
Xususan, Ispaniyada 24-iyul kuni 900 dan ortiq insonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” — “Real” uchrashuvi 7-avgust sanasiga belgilangan.
Ma’lumot uchun, Ispaniyada hozirga kelib koronavirusga chalinganlar soni 272 ming kishidan oshib ketgan. Shulardan 150 mingdan ortig‘i sog‘aygan bo‘lsa, 28 432 kishi vafot etgani tasdiqlangan.
Kevin de Bryuynening shedevr gollarini tomosha qiling (video)
Izoh (0)