PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya Kubogi finalida olgan jarohatidan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Parijliklar klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Mbappening boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘inda shikastlanish yuzaga kelgan. Yorilish kuzatilmagan.
Mazkur jarohatdan keyin futbolchi taxminan 10—15 kun maydonga tusha olmaydi.
Shu tariqa Mbappe 12-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.
“Agar suyak siljimagan bo‘lsa, u holda Kilian “Atalanta”ga qarshi o‘yinga qadar safga qaytadi”, — deya shifokor so‘zlarini keltirmoqda Le Parisien.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning 27-daqiqasida “Sent-Etyen” futbolchisi Loik Perren o‘ta qo‘pol qoida buzish bilan Mbappeni to‘xtatib qolgan. Natijada 21 yoshli futbolchi o‘yinni davom ettira olmay, maydonni tark etgandi.
Kilian Mbappening 2019/20-yilgi mavsum Liga 1 da urgan barcha golini tomosha qiling (video)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)