Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 12-turida “Pusan Ay Park” 18-iyul, shanba kuni “Kvanju”ni qabul qildi.
Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda jamoalar har qancha urinmasin darvozlarga to‘p kiritilmadi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
Ushbu durangdan keyin “Pusan Ay Park” ochkolari sonini 15 taga yetkazib, 6-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Kvanju” (11) 8-o‘rindan joy olgan.
Mazkur bellashuvda “Kvanju” safida Rustam Ashurmatov to‘liq harakat qildi. Pusanliklar safida Doston Tursunov esa maydonga tushirilmadi.
Key-Liga
12-tur bahsi
18-iyul, shanba
“Pusan Ay Park” – “Kvanju” 0:0.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)