Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Odilova koronavirusning alomatsiz va yengil turi bilan og‘rigan bemorlar uy sharoitida nimalar iste’mol qilishi kerakligini aytdi.

Skrinshot: UzreportTV

Skrinshot: UzreportTV

Jumladan, bemorlar kuniga 5 mahal ovqatlanishi, bunda soat 11.00 da ikkinchi nonushta va 16.00 da tolma choy berilishi tavsiya etildi. Asosan suyuq ovqatlar, kuniga 400 grammdan kam bo‘lmagan mevalar, sabzavotlar, jumladan, na’matak, olma, petrushka, shivit, qizil bulg‘or qalampiri, karam kabi C darmondorisiga boy mahsulotlar, sut mahsulotlari va salatlarni tez-tez iste’mol qilish kerakligi bildirildi.

Yog‘li, qovurilgan, achchiq, sho‘r va yarimtayyor ovqatlar, fast-fudlar, xamirli taomlarni cheklash lozim.

Bemorlar choy va qahva o‘rniga kuniga  3-5 litrgacha iliq holdagi suyuqlik ichishi kerak, bunda sovuq va gazli, shirin ichimliklar qat’iy man qilinadi. Suyuqliklar, asosan, gazsiz mineral suv, iliq limonli, zanjabilli, qoqili choy, sharbat, turli dorivor o‘simliklar damlamasi bo‘lishi mumkin.

Suyuqlikning ko‘p miqdorda berilishi virusning ta’siridagi zaharlanish- intoksikatsiyani kamaytirish bilan birga, qonning quyilib qolishiga yo‘l bermaydi. Suyuq qon orqali shifobaxsh o‘tlar va oziq-ovqat orqali olingan vitamin va minerallar har bir organga to‘liq yetib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 5-iyuldan boshlab koronavirusga chalingan ayrim toifa bemorlar o‘z uyida davolanishi mumkinligi, shifoxonalar va uyda davolanayotgan kasallik alomatlarsiz yengil shaklda kechayotgan bemorlar 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan chiqarilishi, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga joyiga chiqqan holda tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan mobil guruhlar tashkil etilishi xabar qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi