Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumaniga yangi hokim tayinlandi, deya xabar beradi O‘zA.
Qayd etilishicha, 17-iyul kuni xalq deputatlari Farg‘ona tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Shu paytgacha Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan Shuhrat Azimovich Mo‘minov Farg‘ona tumani hokimi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 8-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Farg‘ona tumani hokimi Ilhomjon Nosirov egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga doir:
- Farg‘onada ekologik fojia — yerosti suvlariga neft aralashib ketgan. Vaziyatga Toshloq hokimligi munosabat bildirdi, FNQIZ esa javobgarlikni zimmasiga oldi
- Farg‘ona viloyati hokimligi: So‘x tumani muammolarini bartaraf etishga sarflanayotgan mablag‘larning mahalliy budjetga ta’siri yo‘q
- Andijon shahrida fuqaroning qiynoqqa solinishi sabab ishdan olingan IIO FMB boshlig‘i o‘rniga yangi rahbar tayinlandi
Izoh (0)