• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston kimyo sanoatida 2023-yilgacha 500 mln dollarlik 6 ta yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda

    O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyul, payshanba kuni videoaloqa orqali neft-gaz kimyosi, elektr texnikasi va farmatsevtika sanoatidagi yangi loyihalar taqdimoti hamda ushbu tarmoqlarni rivojlantirish ishlari bo‘yicha hisobotlar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Taqdimotda neft va gaz kimyosi tarmog‘idagi import o‘rnini bosuvchi va eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib, iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘nalishidagi yangi loyihalar bo‘yicha ma’lumot berildi.

    Ta’kidlanishicha, 2019-yil 28-dekabrda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirilgan edi. Bugungi kunda uning 2-bosqichi loyihalashtirilmoqda. Ushbu loyiha qiymati 440 million dollar atrofida bo‘lishi mo‘ljallanmoqda. 650 kishi ish bilan ta’minlanishi, yiliga 132 million dollarlik mahsulot tayyorlanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilgani natijasida katta hajmdagi tabiiy gaz tejaladi.

    Ma’lum qilinishicha, 25 million dollarlik navbatdagi loyiha vodorod peroksidi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Tozalash-dezinfeksiyalash xususiyatiga ega bu modda farmatsevtika, tibbiyot, to‘qimachilik va maishiy hayotda keng qo‘llaniladi. Loyiha natijasida 50 ta ish o‘rni yaratilib, yiliga qariyb 20 million dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi. Ushbu korxonani 2021-yil sentabrda Navoiy viloyatida ishga tushirish rejalashtirilgan.

    “Navoiyazot” AJda qiymati 18 million dollardan ziyod bo‘lgan yana bir loyiha — karbamidoformaldegid konsentrati ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. 2020-yil mart oyida mazkur korxona qurilishi boshlangan, uni kelgusi yil martda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan. Bu yerda yiliga 9 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilib, 1 million dollarlik eksport qilinadi, 50 ta ish joyi ochiladi.

    Qiymati 12 million dollar bo‘lgan karboksimetilsellyuloza asosida reagentlar ishlab chiqarish loyihasi qurilish, burg‘ulash, oziq-ovqat sanoati va tibbiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Shu yil mart oyida Yuqori Chirchiq tumanida uning birinchi bosqichi ishga tushirilgan. 2023-yilgacha barcha to‘rt bosqich amalga oshirilgach, import o‘rnini bosuvchi 9 million dollarlik, eksportga yo‘naltiriladigan 13 million dollarlik mahsulot tayyorlanadi. 100 ta ish o‘rni tashkil etiladi.

    Ko‘pikli polipropilen ishlab chiqarish loyihasining qiymati 5 million dollar bo‘lib, uning natijasida 40 ta ish o‘rni yaratiladi, 8 turdagi yangi mahsulot o‘zlashtiriladi. Bu mahsulotlar issiqlik saqlovchi qutilar, xavfsizlik shlemlari, avtomobil o‘rindiqlari, o‘yinchoqlar va boshqa buyumlar tayyorlashda qo‘l keladi. Ushbu korxonani 2021-yil avgustda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ishga tushirish rejalashtirilgan.

    Davlat rahbari mazkur loyihalar taqdimoti bilan tanishib, ularni jadallashtirish va sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Tizimdagi ishlarni davom ettirib, qurilish, avtomobilsozlik, farmatsevtika sohalarida talab yuqori sintetik tolalar, poliefir smola, polimerlar, aromatik uglevodorodlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda kimyo sanoatini rivojlantirish uchun 12 mlrd dollar investitsiya kiritiladi

    Yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining birinchi yarim yillikdagi faoliyati yakunlari ham muhokama qilindi.

    Qayd etilishicha, karantin davrida ham tizimdagi barcha korxonalarda uzluksiz ishlashga shart-sharoit yaratildi. Natijada olti oylik rejalar bajarilib, qo‘shimcha 1 milliard kub metr tabiiy gaz, qariyb 22 ming tonna kondensat va 1,2 ming tonna neft qazib chiqarishga erishilgan. 11 ta loyiha bo‘yicha jami 846,5 million dollar investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

    Prezident ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, mahalliylashtirish darajasini oshirib, importni qisqartirish, sohaga raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, uglevodorodlarni qazib olish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarga xorijiy investorlarni jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqarish hajmini oshirish haqida ko‘rsatma bergandi.

    16.07.2020, 22:22   Izoh (0)   31029
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini kechayotgani rasman tan olindi

    16.07.2020, 21:14

    Samarqandda o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 10 ming dollar pora olgan institut o‘qituvchisi qo‘lga tushdi

    16.07.2020, 20:44

    Navoiy viloyati hokimi koronavirus masalasida aholiga murojaat qilib, hududdagi vaziyat haqida ma’lumot berdi

    16.07.2020, 20:20

    O‘zbekistonda 17-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

    16.07.2020, 20:08

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar bilan yaqin masofada bo‘lganlarni ogohlantiruvchi mobil dastur yaratildi

    16.07.2020, 19:19

    Nurmat Otabekov ba’zi sog‘ odamlarga qilinmagan muolajalar uchun katta xarajatlar yozilayotganiga oid xabarlarga munosabat bildirdi

    16.07.2020, 19:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.