“Manchester Yunayted” yozgi transferlar oynasida tarkibda katta o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Foto: Twitter

Ta’kidlanishicha, mavsum oxirida klubni himoyachilar Kris Smolling, Fil Jons, Diogu Dalot, Markos Roxo, yarim himoyachi Jessi Lingard va hujumchi Aleksis Sanches tark etishi kutilmoqda.

Klub rahbariyati shu tariqa jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherga yangi o‘yinchilarni sotib olish uchun kerakli bo‘lgan mablag‘ni taqdim etadi. Hozirda norvegiyalik mutaxassisning asosiy maqsadi — “Borussiya Dortmund” yarim himoyachisi Jeydon Sancho bo‘lib turibdi. Shuningdek, Sulsher agar imkoniyatlar yetarli bo‘lsa, hujum va markaziy yarim himoya chiziqlarini ham kuchaytirmoqchi.

Avvalroq “Manchester Yunayted” Sanchoning o‘rniga “Barselona” hujumchisi Usmon Dembeleni sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

35-turdan keyin Manchester klubi 59 ochko bilan musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda.