“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford Angliya chempionati 33-turidan o‘rin olgan “Bornmut”ga qarshi uchrashuvda (5:2) 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi.
Bu Reshfordning 2019/20-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda urgan 20-goli bo‘ldi. Shu tariqa Reshford oxirgi marta 2011/2012-yilda qayd etilgan natijani takrorladi.
Gap shundaki, 2000-yildan keyin “Manchester Yunayted” tarkibida faqatgina uch nafar angliyalik futbolchi bir mavsum davomida 20 tadan ko‘proq gol urgan. Bular Ueyn Runi (2011/12, 2009/10, 2008/09, 2006/07), Pol Skoulz (2002/03) va Teddi Sheringem (2000/01).
Ma’lumot uchun, Markus Reshford 2016-yildan beri asosiy jamoa safida to‘p suradi. Joriy mavsumda u Premyer Liganing 26 uchrashuvida maydonga tushib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)