Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 33-turida “Manchester Yunayted” 4-iyul, shanba kuni “Bornmut”ni qabul qildi.

Foto: APL

Dastlab mehmonlar Junior Stanislasning golidan keyin 16-daqiqada oldinga o‘tib oldi. Bunga maydon egalari tanaffusga qadar Meyson Grinvud, Markus Reshford va Antoni Marsyalning gollari bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Joshua King mehmonlarning ikkinchi golini urdi. 54-daqiqada Grinvud dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, 60-daqiqada Brunu Fernandesh jarima zarbasidan chiroyli gol urdi.

Parallel o‘yinda “Lester” o‘z uyida “Kristal Pelas”ni qabul qildi. Jeymi Vardining dubli va Kalechi Iheanachoning goli “tulkilar”ga yirik hisobdagi g‘alabani keltirdi.

“Lester” ochkolarini 58 taga yetkazib oldi va 3-o‘rinni saqlab qoldi. Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari esa 55 ochko bilan 4-pog‘onani egallab turibdi.

APL

33-tur bahslari

4-iyul, shanba

“Manchester Yunayted” — “Bornmut” 5:2

Gollar: 0:1 – 15 Stanislas, 1:1 – 29 Grinvud, 2:1 – 35, penalti Reshford, 3:1 – 45+2 Marsyal, 3:2 – 49, penalti King, 4:2 – 54 Grinvud, 5:2 – 59 Brunu Fernandesh.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Maguayr, Lindelyof (Bayi, 46), Uan-Bissaka, Shou, Matich (Fred, 67), Pogba, Brunu Fernandesh, Marsyal (Mata, 80), Reshford (Igalo, 80), Grinvud (Jeyms, 75).

“Bornmut”: Remsdeyl, Ake, Riko, Smit (Steysi, 77), Kelli, Kuk (Uilson, 66), Bruks (Danjuma, 46), Stanislas (Gosling, 66), Lerma, King, Solanke (Billing, 66).

Ogohlantirish: Lerma (31).

“Lester” — “Kristal Pelas” 3:0

Gollar: 1:0 – 49 Ixeanacho, 2:0 – 77 Vardi, 3:0 – 90+4 Vardi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!