Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 33-turida “Chelsi” 4-iyul, shanba kuni “Uotford”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 28-daqiqasida Olivye Jiru maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim so‘nggida Villian londonliklarning ikkinchi golini urdi. Ikkinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Ross Barkli hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Chelsi” ochkolarini 57 taga yetkazib oldi va to‘rtinchi o‘ringa qaytdi. “Uotford” (28) esa 17-pog‘onada qoldi.
APL
33-tur bahsi
4-iyul, shanba
“Chelsi” — “Uotford” 3:0
Gollar: 1:0 – 28 Jiru, 2:0 – 43, penalti Villian, 3:0 – 90+2 Barkli.“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Kristensen, Jeyms, Zuma, Kante (Gilmor, 78), Barkli, Pulishich, Maunt (Hadson-Odoi, 76), Villian (Loftus-Chik, 76), Jiru (Abraham, 76).
“Uotford”: Foster, Kabasele, Femeniya (Mazina, 64), Mariappa, Douson, Chaloba, Dukure, Hyuz, Kapu (Uelbek, 58), Sarr (Pereyra, 83), Dini (Kleverli, 64).
Ogohlantirishlar: Kapu (21), Mariappa (49).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)