Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 16-turida “Energetik-BGU” 4-iyul, shanba kuni BATE maydoniga safar qildi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Ikkinchi o‘n daqiqalik so‘nggida mehmonlar futbolchisi Aleksandr Svirepa o‘z jarima maydonida qo‘l bilan harakat qildi va ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Biroq belgilangan penaltini Stanislav Dragun muvaffaqiyatli yakunlay olmadi.
23-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchsi Shahboz Umarov jarima zarbasidan qoyilmaqom gol urgan holda minskliklarni oldinga olib chiqdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmay qoldi. Umarov 59-daqiqada zaxiraga olindi.
Shu tariqa ushbu g‘alabadan so‘ng “talabalar” ochkolarini 29 taga yetkazib olgan holda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi va peshqadam BATEdan 1 ochko ortda qolmoqda.
Belarus Oliy Ligasi
16-tur bahsi
4-iyul, shanba
BATE — “Energetik-BGU” 0:1
Gol: 0:1 – 23 Umarov.BATE: Chichkan, Nastich, Filipenko, Ya.Filipovich, A.Filipovich Yablonskiy, Baga, Dragun, Stasevich, Nexaychik, Milich
“Energetik-BGU”: Sadovskiy, Shkurdyuk, Miroshnikov, Svirepa, Yudchits, Girs, Nosko (k), Mavatu, Tve, Umarov (Dias, 59), Atemeng (Musaxanyan, 26).
Ogohlantirishlar: Svirepa (7), Tve (28), Nastich (39)
Chetlatish: Svirepa (20).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)