Har yili topshiriladigan Design Awards mukofoti doirasida Apple kompaniyasi iPhone hamda iPad’lar uchun mo‘ljallangan eng yaxshi ilovalarni tanlaydi. Bunda ular dasturchilarning qurilma va dizayn interfeysiga qulaylik yaratish maqsadida yoki shunchaki chiroyli mahsulot o‘ylab topganligini inobatga oladi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.

Foto: “Hi-Tech.Mail.ru”

2020-yilda mukofot laureatlari ro‘yxatidan to‘rtta dastur va to‘rtta o‘yin o‘rin oldi.

Darkroom — foto va videolarni tahrirlashga mo‘ljallangan dastur interfeysining yaxshiligi hamda barcha funksiyalardan foydalanish qulayligi uchun tanlandi.

Foto: “Hi-Tech.Mail.ru”

Looom — animatsiya yaratishga mo‘ljallangan dasturga musiqiy tahrirlagich boshqaruvidagi elementlar kiritilgan. Uning yordamida havaskor va professional darajada grafikalarni yaratish mumkin.

Foto: Cartoon Brew

Shapr3D — CAD-chizmalar bilan ishlashga mo‘ljallangan kuchli dastur bo‘lib, Apple Pencil qalami va ARKit qo‘shimcha realligining barcha funksiyalari ishlaydi. Noldan boshlab katta hajmli obyekt va binolar chizmasini yaratish mumkin.

StaffPad — kompozitorlar uchun noyob dastur, uning yordamida qo‘lyozma notalarini raqamli formatga o‘tkazish va to‘laqonli musiqani yaratish mumkin.

Foto: “Hi-Tech.Mail.ru”

Sayonara Wild Hearts — noodatiy grafikasi va musiqasi bilan ajralib turuvchi “ranner” janridagi dinamik o‘yin. Uni Apple Arcade’ga obuna bo‘lib o‘ynash mumkin.

Sky: Children of the Light — Journey ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan sehrli olam haqida bepul o‘yin. Ushbu olamni yakka holda yoki boshqa o‘yinchilar bilan internet orqali tiklash mumkin.

Foto: “Hi-Tech.Mail.ru”

Song of Bloom — boshqotirmalarga noodatiy yondashuvchi va muntazam o‘zgaruvchi vizual uslubga ega o‘yin.

Where Card Fall — butun dunyo qartadan yasaladigan boshqotirma o‘yin.