Internetda Apple’ning yangi raqamli ko‘zoynagi uchun olingan patentning surati tarqaldi. Hujjat “boshga taqishga mo‘ljallangan modul tizimi” nomini olgan, deb xabar beradi Appleinsider.

Foto: Appleinsider

Ko‘zoynakka o‘rnatilgan yechiluvchi qurilma yordamida uning avtonomligini oshirish mumkin, buning uchun unga qo‘shimcha akkumulyator o‘rnatish kerak. Shuningdek, modulda qo‘shimcha datchik, sensorlar va boshqaruv elementlari ham bor.

Mish-mishlarga ko‘ra, Apple so‘nggi bir necha yildan beri Apple Glass — qo‘shimcha reallikka ega “aqlli” ko‘zoynak ustida ish olib bormoqda. Ko‘zoynaklarni ishlashining bir necha taxminiy variantlari mavjud — bu linzaga o‘rnatilgan kichik displey yoki tasvirni ko‘z qorachig‘iga proyeksiya qiluvchi mini-proyektor bo‘lishi mumkin.

Foto: Appleinsider

Shuningdek, patentda atrofdagi barcha narsani skanerlovchi maxsus kamera va lidarlarning ishlash jarayoni ham ko‘rsatib o‘tilgan. Masalan, u orqali televizorni yoqish mumkin, buning uchun barmoq bilan uni ko‘rsatish kifoya — ko‘zoynak qo‘l harakatini ko‘radi va kerakli amalni bajaradi.