O‘z vaqtida tomoshabinlar uchun sevimli bo‘lgan braziliyalik aktrisalar hayotida qanday o‘zgarishlar bo‘lgan? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Jovanna Antonelli

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisa arsenalida bugungi kunda 30 dan ortiq film bor. Jovannaga haqiqiy omad “Klon” filmidagi Jadi ijrosidan keyin kulib boqqan.

Foto: Getty Images

Aktrisa va prodyusserlik bilan ham shug‘ullanadigan Antonelli bundan tashqari Gio nomli ayollar kosmetik buyumlari va aksessuarlari brendiga egalik qiladi. Jovanna, rejissor Leonardo Nogeyra bilan turmush qurgan bo‘lib, bugungi kunda uch farzandning onasi hisoblanadi.

Ana Paula Aroziu

Foto: “Yandeks Dzen”

Braziliyaning eng chiroyli aktrisalaridan biri sifatida yaxshi ma’lum bo‘lgan Ana Paula karyerasini modellikdan boshlab, 1991-yildan seriallarda rol ijro qilgan. “Sevgi diyori” serialidagi roli, ayniqsa, millionlab muxlislar qalbidan joy olgan, ammo aktrisa 2010-yildan keyin suratga tushmay qo‘ygan.

View this post on Instagram

In white! #anapaulaarosio

A post shared by Ana Paula Arósio (@anapaulaarosio.oficial) on

Arxitektor Enrike Pineyroga turmushga chiqqan Aroziuga hozir ham bir qancha filmlardan taklif bo‘lishiga qaramay, u rad javobini beradi.

Niveya Stelmann

Foto: Getty Images

“Klon” serialidagi Saidning rafiqasi Raniya obrazi bilan tanish bo‘lgan aktrisa Niveya ham faoliyatini modellikdan boshlagan.

1993-yilda suratga olingan “Braziliyalik oila” seriali aktrisaning debyuti bo‘lgan. “Klon” filmi esa uning mashhur bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Letisiya Sabatella

Foto: “Yandeks Dzen”

“Klon” serialida Latifa ijrosi sabab yaxshi ma’lum bo‘lgan Letisiya faoliyatini 1991-yilda boshlagan va bugungi kunga qadar 50 dan ortiq filmda rol ijro qilgan.

View this post on Instagram

😷🙏🏻❤️🌺🐝

A post shared by Leticia Sabatella (@leticia_sabatella) on

Bundan tashqari, u o‘zini xonandalik borasida ham sinab ko‘rgan. 2013-yilda aktyor Fernando Alvis Pint bilan turmush qurgan Letisiyaning birinchi turmushidan qiz farzandi bor.