“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
12:18, 29.06.2020 23153

Sabzavotlardan qaylali tansiq taom retsepti

Ushbu taom dasturxoningizni bezashi, mazasi esa og‘zingizda qolishi aniq.

Foto: “Yeda.ru”

Kerakli mahsulotlar :

  • baqlajon — 5 dona;
  • piyoz — 2 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  • guruch — 0,5 piyola;
  • kartoshka — 4 dona;
  • pomidor — 4 dona;
  • qaymoq — 300 ml;
  • tuxum — 2 dona;
  • pishloq — 150 gr;
  • ta’bga ko‘ra, tuz va murch.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Baqlajonni yupqa dumaloq shaklda kesib, yarim soat tuzlangan suvga solib qo‘ying.
  • Vaqt o‘tganidan keyin 15 daqiqaga 180 daraja qizigan pechga qo‘yib pishirib oling.
  • Piyoz va sabzini o‘simlik yog‘ida qovurib oling.
  • Guruch qo‘shing va ustidan issiq suv soling.
  • Boshqa bir tovada dumaloq qilib to‘g‘ralgan kartoshkalarni qovurib oling.
  • Pechga qo‘yishga mo‘ljallangan idishning chetlarini yog‘lang va sabzavotlarni ustma-ust qilib terib chiqing.
  • Birinchi baqlajon keyin pomidor, kartoshka, sabzili aralashma va eng ustidan yana baqlajon tering.
  • Sabzavotlar ustidan qaymoq, tuxum, tuz va murch seping.
  • Ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq soling va 180 daraja qizigan pechga 30 daqiqaga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ