O‘zbekistonda 22-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, 60 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi kasallanish holatlaridan so‘ng koronavirus infeksiyasi qayd etilgan fuqarolar soni 6461 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

  • Yangi kasallanish holatlarining
  • 49 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 6 tasi Toshkent viloyatida (shundan 5 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 1 tasi aholi orasida);
  • 5 tasi Toshkent shahrida (shundan 2 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 tasi esa aholi orasida) aniqlangan.

Avval 22-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra 43 kishida koronavirus aniqlangani va O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 6401 nafarga yetgani xabar qilingandi. Kun davomida 146 nafar kishida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda jami 4450 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) kasallikdan sog‘aygan.

22-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida jami 1992 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda. Hozirgacha 19 bemor kasallik asoratlaridan vafot etgan.