O‘zbekistonda 22-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 43 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi kasallanish holatlaridan so‘ng O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6401 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 35 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 1 nafari Toshkent shahrida aholi orasida;
  • 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, 22-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra ham 43 kishida koronavirus aniqlangan va umumiy kasallanganlar soni 6358 nafarga yetgani xabar qilingandi.

22-iyun davomida Namangan viloyatidagi davolash muassasasida 7 nafar bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4384 nafarga yetdi.

Hozirda O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida 1998 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda. Hozirgacha 19 bemor kasallik asoratlaridan vafot etgan.