• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sibir tomon huzunli yo‘l. 14-iyun — Boltiqbo‘yi davlatlarining qatag‘on qurbonlarini xotirlash kuni

    SSSR 1941, 1948 va 1949-yillarda Boltiqbo‘yi davlatlari — Latviya, Litva va Estoniyada bir qator seriyali deportatsiyani amalga oshirdi. Ana shunday deportatsiyalardan  “Katta mart” deportatsiyasi va  “Iyun deportatsiyasi” tarixiy ahamiyatga ega. 14-iyun Boltiqbo‘yi davlatlarining deportatsiya qurbonlarini xotirlash kuni sifatida esga olinadi. “Daryo” kolumnisti Jahongir Ostonov an’anaviy tarix ruknida SSSR amalga oshirgan “Iyun deportatsiyasi” haqida so‘z yuritadi. 

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Tarixiy sharoit

    1939-yilgi “O‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risida”gi SSSR—Germaniya tinchlik shartnomasiga muvofiq, SSSR armiyasi 1939-yilning sentabrida sharqiy Polsha, 1940-yilda g‘arbiy Ukraina va Boltiqbo‘yi davlatlarini egallab oldi. Ikkinchi jahon urushi qizg‘in davom etayotgan bir paytda, 1941-yilning may oyida SSSR Kommunistik partiyasi Markaziy komiteti “Litva, Latviya va Estoniya SSR hududlarini anti-Sovet, jinoiy va ijtimoiy xavfli elementlardan tozalash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi hamda ushbu qaror doirasida 22-maydan 20-iyunga qadar ushbu mamlakatlardan o‘n minglab kishilar SSSRning boshqa hududlariga deportatsiya qilindi.

    Hibsga olinganlar dastlab mol-mulkidan musodara qilinib, 5-7 yilga lagerga jazo o‘tash uchun yuborildi, jazo o‘tab bo‘lingandan keyin esa SSSRning uzoq o‘lkalariga surgun qilindi. Bunday turdagi surgun qilinganlarga quyidagi turdagi fuqarolar kirdi:
    • antiinqilobchi partiyalarning faol a’zolari hamda sovet rejimiga muxolif bo‘lgan tashkilot a’zolari;
    • sobiq jandarmlar, soqchilar, politsiya rahbarlari, turma xodimlari, politsiya xodimlari;
    • sobiq burjua apparati chinovniklari, boy savdogarlar, fabrika egalari, xususiy mulkdorlar;
    • Polsha, Latviya, Litva va estoniyalik sobiq oq armiya ofitserlari;
    • jinoiy ishlari ko‘rilayotgan shaxslar.
    Ayrim turdagi kishilar esa hibsga olinib, mol-mulki musodara etilib, 20 yilga SSSRning uzoq rayonlariga deportatsiya qilindi (yuqoridagi manba). Ular quyidagilar:
    • 1 va 4-punktlardagi kishilarning oila a’zolari;
    • o‘limga hukm etilgan yoki noqonuniy harakatga o‘tgan kontrrevolyutsion harakat a’zolarining oila a’zolari;
    • repatriatsiya doirasida Germaniyadan keltirilgan shaxslar, shuningdek, Germaniyaga chiqib ketishni istamagan, xorij razvedkasi bilan bog‘liq hujjatlarga ega bo‘lgan nemislar.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Deportatsiya sabablari

    SSSR rasmiylari ushbu hududlar aholisining deportatsiyasini “antisovet unsurlardan tozalash”, deb hisoblagan (1941 god. Dokumenti. Moskva: Mejdunarodniy fond “Demokratiya”, 1998. v dvux tomax. Kn. 2. s. 221—223.). Shuningdek, ushbu deportatsiya SSSRning “beshinchi kolonna”ga qarshi kurash vositasi sifatida ham qaraladi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning SSSRdagi elchisi Stafford Krippsning fikricha, sovet rahbariyati g‘arbiy chegaralarda “beshinchi kolonna” odamlari va sovet rejimiga qarshi bo‘lganlar joylashishini istashmas edi.

    Sovet tarixchisi Yan Zintars va boshqa manbalar Boltiqbo‘yi davlatlarida antisovet unsurlar mansubligi haqidagi gumonlarni 1941-yilning may oyida Berlinga “Abver II” sharqiy Prussiya bo‘limi tomonidan yuborilgan hisobot bilan tasdiqlanishini qayd etadi:

    “Boltiqbo‘yi mamlakatlarida qo‘zg‘olonlar tayyorlandi va ularga bemalol ishonch bilan tayanish mumkin. Yashirin qo‘zg‘olonchi harakatlar shu qadar rivojlanyapti-ki, bu uning ishtirokchilarini muddatidan oldingi xatti-harakatlardan qaytarish uchun muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Nemis qo‘shinlari oldinga siljib, rus qo‘shinlari qo‘zg‘olon ishtirokchilarini zararsizlantirmasliklari uchun tegishli hududga yaqinlashgandan keyingina ularga harakatlarni boshlash buyurildi”.

    Deportatsiya jarayonlari

    Estoniyaning “Memorial” tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, Boltiqbo‘yi davlatlarida amalga oshirilgan birinchi deportatsiya (1940—1941) paytidagi qurbonlar 200-300 mingni, ikkinchi deportatsiya (1944—1949) paytida esa 95 mingni tashkil qiladi. Ammo sovet manbalarida bunday raqamlarni uchratish qiyin. Birgina 14-iyun kuni Estoniyadan 10 ming, Latviyadan 15 ming va Litvadan 16 mingdan 18 minggacha odam deportatsiya qilingan. Deportatsiya ishlari mazkur uch respublikada bir kunda boshlangan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan fuqarolar 16-iyunga qadar izlangan. Deportatsiya qilinganlar poyezdda har bir vagonga 30-50 tadan bo‘lib SSSRning uzoq hududlariga olib ketilgan. Deportatsiya qilinganlar soni yuzasidan va deportatsiya sharoitlari haqida turlicha fikrlar mavjud. Boltiqbo‘yi tarixchilari har bir vagonda 40-50 tadan odam joylanganini aytsa, rus tarixchilari har bir vagonda mos ravishda 30 tadan odam joylanganini iddao qiladi. Birgina Estoniyadan 490 ta vagonda odamlar tashib ketilgan.

    Latviyadan deportatsiya qilinganlarning asosiy qismi latish millatiga mansub fuqarolar (81,27 foiz) bo‘lsa, qolgani yahudiy (11,70 foiz) va rus (5,29 foiz) millatiga mansub odamlar bo‘lgan. Ularning 46,5 foizi ayollar, 15 foizi 10 yoshdan kichik bolalar bo‘lgan.

    14-iyun kungi deportatsiya Litvada ham amalga oshirilgan. Litvadan, asosan, milliy ozchilik vakillari “xalq dushmani” sifatida ro‘yxatga olina boshlagan. Shu kuni 3835 nafar litvalik, 1664 nafar polyak, 334 nafar yahudiy, 262 nafar rus, 93 nafar belaruslik, 52 nafar nemis va 58 nafar boshqa millat vakillari xalq dushmani sifatida hibsga olindi (Anušauskas A., Teroras ir nusikaltimai žmoniškumui. Pirmoji sovietinė okupacija, Vilnius: Margi raštai, 2006, p. 26).

    Hibsga olinganlar orasida 52 nafar 16 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari ham bor edi. Ular bilan birgalikda oila a’zolari ham deportatsiya qilingan. 18 mingga yaqin litvalik Komi, Oltoy, Krasnoyarsk o‘lkalariga va Novosibirsk viloyatiga surgun qilingan. Operatsiyaga Beriya rahbarlik qilgan.

    Deportatsiya oqibatlari va unga berilgan baho

    Boltiqbo‘yi davlatlari nemislar tomonidan egallanganidan keyin sovet qo‘shinlari mamlakat hududidan chiqarib yuborildi va deportatsiya qilinganlarni izlash boshlandi. Ammo uch yildan keyin sovet armiyasi hududni qaytadan qo‘lga kiritganidan so‘ng navbatdagi deportatsiyalar amalga oshirildi. 1945-yildan to 1952-yilgacha bo‘lgan davr mobaynida 118 ming nafar litvalik deportatsiya qilindi. 1949-yili 42 ming latish deportatsiya qurboni bo‘ldi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Estoniyalik tarixchi P.Varyuning keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra, estoniyaliklar deportatsiyasi natijasida 3873 kishi vafot etgan, 611 kishi bedarak yo‘qolgan, 110 kishining taqdiri noma’lum, 75 kishi qochib ketgan, 4631 kishi ozod etilgan, keyinchalik (Varju P. 14 juuni 1941 massioperasiooni ohvirte koondnimekiri) ushbu ma’lumotlarni rossiyalik tarixchi Aleksandr Dyukov keltirgan.

    1953-yildan oldin ikki mingga yaqin latviyalik normal hayotga qaytgan. Sovet deportatsiyasi Latviya adabiyoti va kino san’atida keng yoritilgan. Shunday badiiy asarlar orasidan eng mashhuri Anite Liepa qalamiga mansub “Eksgumatsiya” romanini misol keltirish mumkin. Shuningdek, Mara Zalitening “Besh barmoq” asari, kino sanoatida esa “Muqaddas yo‘l”, “Ekskursant qiz”, “Melaniyaning esdaliklari” filmlari ushbu hodisalarni ko‘rsatib bergan.

    1970-yilgacha 70 ming litvalik o‘z vataniga qaytdi. Barcha qaytgan sobiq surgunlarning shaxsiy hayoti KGBning qattiq nazorati ostida bo‘ldi. Deportatsiya qilinganlarning barcha mol-mulki tortib olindi, fermerlarning yerlari kollektivlashtirildi, bo‘shab qolgan uylar sovet harbiylari yoki Rossiyadan ko‘chirib keltirilgan ruslarga berildi. Bunday majburiy deportatsiyalar o‘sha xalqlar xotirasida o‘chmas qora kun bo‘lib qoldi.

    Zamonaviy tarixchilar mazkur deportatsiyalarni insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyat va genotsid sifatida baholanishini talab qilib kelmoqda. O‘sha paytlardagi Buyuk Britaniya elchisi Kripps esa bunday harakatlarni sovet hukumatining har qanday antisovet harakatlarga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida baholagan. Bugun esa Moskva o‘zini sovet davlatining merosxo‘ri sifatida e’tirof etish bilan bir qatorda, o‘tmishdagi jinoyatlarni tan olishdan bosh tortib kelmoqda.

    14.06.2020, 19:54   Izoh (0)   51294
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 24 ming kishidan oshdi, Tojikistonda esa 5 mingga yaqinlashmoqda

    14.06.2020, 19:16

    Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 7 mingga yaqinlashdi

    14.06.2020, 15:14

    Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirida koronavirus aniqlandi

    14.06.2020, 13:12

    Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 66 kishiga, Janubiy Koreyada esa 34 kishiga oshdi

    14.06.2020, 12:53

    Qirg‘izistonda xotinini singlisinikiga borgani uchun qiynoqqa solgan erkak 15 sutkaga qamaldi (video)

    14.06.2020, 12:11

    Xitoyda yo‘lda ketayotgan avtosisternaning portlashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi (video)

    14.06.2020, 11:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.