O‘zbekistonda 13-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 29 nafarga ko‘paydi va koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4966 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining
- 18 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
- 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 3 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi);
- 6 nafari Sirdaryo viloyatida xorijdan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida;
- 1 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda aniqlangan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda hozirgacha 3874 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, 19 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.