Prezident Shavkat Mirziyoyev Innovatsion rivojlanish vazirligiga berilgan vakolat va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish, ishlanmalarni soha va tarmoqlarga tatbiq etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Mamlakatimiz yuqori texnologik sohalar bo‘yicha dunyodan ortda qolib ketgan. Barcha sohalarni modernizatsiya qilish, jahon bilan hamqadam bo‘lish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etib, shunday sharoitlar yaratdik. Bu jamoa yil yakuni bo‘yicha bu borada aniq amaliy natijalarni ko‘rsatishi kerak”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 12-iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining yangi binosini borib ko‘rgani haqida xabar berilgan edi. Prezident shu yerda videoaloqa orqali vazirlikning Ilg‘or texnologiyalar markazi mutaxassislari bilan muloqot qilgan.
Izoh (0)