Xorazmning Xonqa tumanidagi Shovot kanalida 19 yoshli yigit suvda cho‘kib vafot etdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Hodisa haqida 10-iyun kuni Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan va amalga oshirilgan qidiruv ishlari natijasida hodisa sodir bo‘lgan hududdan fuqaro A.S.ning jasadi topilgan.
Ushbu holatga uning ehtiyotsizligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, FVV ota-onalar tomonidan o‘z bolalarini qarovsiz qoldirmasligini hamda shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘radi.
Izoh (0)