Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahridan Qo‘qon shahri tomon harakatlanayotgan Lacetti rusumli avtomashinadan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dorilar topildi.

“Daryo”ga ma’lum qilinishicha, Dang‘ara tumanida to‘xtatilgan avtomobil xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 11 000 dona “Tramadol” tabletkasi borligi va u mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Qo‘qon shahrida yashovchi shaxslar A.Hamidov hamda M.Yoqubovga tegishli ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Aniqlanishicha, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan fuqaro tomonidan Qozog‘istondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan ushbu dori vositalari Qo‘qon shahrida sotish uchun olib ketilayotgan bo‘lgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktabrdagi 878-sonli qaroriga muvofiq “Tramadol” dori vositasi giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi