Amerikalik aktrisa Keyt Blanshett Borderlands kompyuter o‘yiniga bag‘ishlab ishlangan filmda suratga tushadi. Ushbu ma’lumotni Lionsgate mediakompaniyasi rasman tasdiqladi, deb xabar beradi Entertainment Weekly.
Filmni Kristofer Nolan Elay Rot bilan birgalikda suratga oladi. Blanshett kartinada Lilit rolini ijro etadi. Rotning ta’kidlashicha, bosh qahramon borasida uning omadi chopgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Blanshett uddalay olmaydigan vazifa yo‘q.
Film syujeti va u qachon ekran yuzini ko‘rishi haqida batafsil ma’lumotlar yo‘q.
Borderlands — birinchi shaxs tomonidan o‘ynaluvchi fantastik o‘yin. Ishtirokchilar o‘yin boshlanishidan avval to‘rtta personajdan birini tanlashi mumkin.
Izoh (0)