Amerikalik aktyor va kinorejissor Kventin Tarantino Devid Fincherning “Ijtimoiy tarmoq” kartinasini so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi filmi deb atadi. Bu haqda Premiere jurnali xabar berdi.
“U — birinchi raqamli, shu sababli u zo‘r bo‘ldi. Uning shunchaki raqiblari yo‘q”, — deydi Tarantino.
Tarantino ikkinchi o‘rinni Kristofer Nolanning “Dyunkerk” filmiga bergan. Kartina Ikkinchi jahon urushi boshlarida nemis armiyasi qurshovida qolib ketgan bir necha yuz ming askarning evakuatsiya qilinishiga bag‘ishlanadi.
“Ijtimoiy tarmoq” filmi 2010-yilda ekran yuzini ko‘rgan bo‘lib, unda bosh rollarni Jessi Ayzenberg, Endryu Garfild va Jastin Timberleyk ijro etgan. Film Ben Mezrichning “Zo‘raki milliarderlar: Facebook qanday yaratilgan?” kitobi asosida suratga olingan.
Izoh (0)