O‘zbekistonda 28-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7 kishiga ko‘payib, 3444 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 3 tasi Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, kasallik shu yilning 26-mayida Qozog‘istondan Toshkent viloyatidagi chegara posti orqali kirib kelgan 4 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, shu kungacha bemorlarning 2694 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan, 736 nafar bemor davolanishda qolmoqda. Ulardan 5 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. O‘zbekistonda 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.