27-may, chorshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Moskvada ko‘rgazma zalida tashkil etilgan vaqtinchalik shifoxonada “toza hudud”ni tark etish vaqtida himoya kiyimlarini dezinfeksiya qilayotgan tibbiyot xodimlari.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaning Soltdin shahridagi plyajda toblanib yotgan erkak.

Foto: Reuters

Italiyaning Rim shahrida yosh shifokorlar va tibbiyot sohasi talabalari mamlakat parlamenti qarshisida sog‘liqni saqlash sohasining “nimjonligi”dan havotir olib namoyishga chiqdi.

Foto: EPA

Angliyaning Dogmersfild shahridagi kanalda suzayotgan eshkak eshuvchilar.

Foto: PA

Ispaniyaning San-Sebastyan shahridagi La-Koncha plyajida toblanib yotgan odamlar.

Foto: EPA

Yaponiyaning Kioto shahridagi bambuk bog‘ida sayr qilib yurgan er-xotin.

Foto: EPA

Keniyaning Nayrobi shahrida tibbiyot xodimi Kiber xarobalarida yashovchi ayoldan koronavirusga tahlil uchun test namunasi olmoqda. Ayni damda mamlakatda ommaviy test olish tadbirlari olib borilmoqda.

Foto: Reuters

Istanbuldagi Grand bozor 4 soatlik komendantlik soati vaqtida.

Foto: Reuters

Yaponiyaning Tokio shahrida mamlakatda favqulodda vaziyat bekor qilinganidan so‘ng odamlar tamaddixonalarda jam bo‘ldi.

Foto: Reuters

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan Surxondaryoning Denov shahridagi Amir Temur haykali. Foydalanuvchilarning fikricha, uning qo‘lidagi Temuriylar saltanati belgisi tushirilgan buyum gilam qoqqichga o‘xshaydi.

Foto: Twitter

AQShning Minnesota shtatida qora tanli, qurolsiz fuqaro Jorj Floyd politsiyachi tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilgach, voqea sodir bo‘lgan joyga namoyishchilar yig‘ildi.

Foto: Reuters

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 26-aprel kuni koronavirusga chalinib sun’iy nafas oldirish apparatida yotgan Rusiya farzandli bo‘lgan edi. Endilikda u muddatidan avval tug‘ilgan qizi Luiza bilan birga kasalxonadan chiqmoqda.

Foto: Reuters

Afg‘onistonning Kobul shahridagi qamoqxonadan chiqqan “Tolibon” harakati vakili.

Foto: Reuters

Braziliyaning Manaus hududidagi Taruma qabristoni koronavirus pandemiyasi vaqtida.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Medicare dasturi doirasida qariyalarga beriladigan insulin moddasining narxi borasida farmatsevtika sohasi vakillari bilan muzokaralardan oldin Oq uydagi Pushti bog‘ tarafda.

Foto: Reuters

Isroil janubidagi plyajda Ramazon hayitini nishonlayotgan musulmonlar.

Foto: Reuters

Pekindagi Xitoy Xalq siyosiy konsultativ anjumanining yakuniy majlisi oldidan tibbiyot xodimlari jurnalistdan olingan nuklein kislotasining namunasini dezinfeksiya qilmoqda.

Foto: Reuters

Nyu-York fond birjasida niqobda ishlayotgan treyderlar.

Foto: Reuters

Xorvatiyaning Omish hududidagi plyajda harakatlanayotgan buldozer.

Foto: Reuters

Gongkongda davlat tili to‘g‘risidagi mojaroli qonun muhokamasining ikkinchi o‘qishi davom etayotgan vaqtda hukumatga qarshi namoyishchilar harbiylarga qarshilik ko‘rsatmoqda.

Foto: Reuters