Tez tayyorlanadigan va yengil hazm bo‘ladigan mazkur desert nafaqat kattalarga, balki bolajonlarga ham yoqishi aniq.

Foto: SM News

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Tvorog — 200 gr
  • Yogurt (qatiq, sut yoki suzmadan ham foydalanish mumkin) — 100 gr
  • Asal — 1 osh qoshiq
  • Banan 2 dona
  • Shokolad

Tayyorlanish jarayoni:

  • Bananni archib, idishga soling.
  • Unga yogurt va tvorog qo‘shing.
  • Blender yordamida aralashtiring.
  • Asal qo‘shing va aralashtirishda davom eting.
  • Stakanga ikki-uch bo‘lak banan soling, ustiga aralashmani quying.
  • Shokoladni qirg‘ichdan chiqarib desert ustini bezang.

Nonushta tayyor, yoqimli ishtaha!