Rossiyada 21-may holatiga ko‘ra 8849 kishi koronavirusga chalingani qayd etildi. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 85 kishiga ko‘pdir.
Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 317 554 kishi koronavirusga chalindi.
So‘nggi sutkada kasallanganlarning eng ko‘pi Moskva (2913 nafar), Moskva viloyati (892 nafar), Sankt-Peterburg (408) shaharlarida aniqlangan.
Shuningdek, sutka davomida 127 nafar bemor, umumiy hisobda esa 3099 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan. Kasallanganlarning 7289 nafari tuzalib, ularning umumiy soni 92 861 nafarga yetdi.
Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi sutkada 262,8 mingta, umumiy hisobda esa 7,8 millionta test o‘tkazilgan.
Rossiya koronavirusga chlinganlar soni bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, 21-may kuni dunyoda virus yuqtirganlar soni 5 million kishidan oshib ketgan. Worldometer servisida esa bu ko‘rsatkich 20-may kuni qayd etilgandi.
Izoh (0)