• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yelena Kompolshik Rossiya TIV matbuot kotibi fikrlariga javob qaytardi

    Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Mariya Zaxarova O‘zbekistonda davlat tili bo‘yicha o‘rnatilayotgan tartiblar haqida gapirib, “rasmiy idoralarda o‘zbek tilining majburiy qilinishini kamchilik yoqlayotgani”ga ishora qilgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” partiyasi a’zosi Yelena Kompolshik bu fikrlarga munosabat bildirdi.

    Foto: “Adolat” partiyasi matbuot xizmati

    Foto: “Adolat” partiyasi matbuot xizmati
    Barchaga ma’lumki, yaqinda Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekistonda davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilovchi qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgan edi. Undagi qoidalar juda sodda va tushunarli: Agar davlat tashkiloti faoliyat va biznes faoliyatini amalga oshirishda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilmasa, mazkur tashkilotning mansabdor shaxsi ma’muriy jazoga tortiladi.

    Jazo faqat vazir, hokim, qo‘mita raisi, rahbari va boshqa lavozimdagi davlat tashkiloti mansabdor shaxsiga nisbatan qo‘llaniladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolari davlat tashkilotlariga har qanday tilda murojaat qilishi, odamlar bilan istagan tilida muloqot qilishi mumkin va bunga hech qanday to‘siqlar va jazo mavjud emas.

    Davlat tashkilotlarida ishlaydigan turli tillarda so‘zlovchi boshqa millatga mansub fuqarolar istagan tillarida gaplashishlari va o‘z faoliyatlarini istagan tillarida olib borishlari mumkin. Bunga hech qanday to‘siq va e’tirozlar yo‘q. Davlat organlarining rasmiy hujjatlari boshqa tillarda ham yuritilishi mumkin.

    Qonun loyihasida davlat organlari va tashkilotlari “davlat tilini hurmat qilishi” kerakligi belgilab qo‘yilgan.

    O‘zbekiston mustaqil davlat va o‘z tili, o‘z qadriyatlari, o‘z qonunlari va o‘z rivojlanish yo‘liga egadir. Shunday ekan, davlat tashkilotlari mansabdor shaxslari o‘zbek tilini bilishga va hurmat qilishga, shuningdek, davlat tilidan foydalanishi uchun mas’uliyatni his qilishga majburdirlar.

    Hukumat hech qachon boshqa tillarda so‘zlashuvchi O‘zbekiston fuqarolarini qanday millat, qaysi til, qaysi dinga mansubligidan qat’i nazar, jazolamaydi.

    Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova rasmiy minbardan turib, “ ....rus tili rasmiy til bo‘lishini ko‘pchilik o‘zbeklar istayotgani va qonun loyihasining tarafdorlari orasida deputatlar va aholi vakillari kamchilikni tashkil qilishi” to‘g‘risida munosabat bildirdi.

    Qaysi ma’lumotlar bazasi mazkur qonun loyihasi tarafdorlari ozchilikni tashkil etishi to‘g‘risidagi tezisni tasdiqlaydi?

    Aftidan Rossiyaning obro‘li davlat idorasining rasmiy vakili hozirgacha o‘zi suveren davlat qonun loyihalariga izoh berish o‘rniga tekshirilmagan, osmondan olingan ma’lumotlardan foydalanishda muntazam ravishda ayblab kelayotgan taniqli rossiyalik muxolifat blogeri bilan bo‘layotgan qarama-qarshiliklar doirasida qolib ketmoqda yoxud hanuzgacha undan uzoqlasha olmayapti.

    Darvoqe, bevosita TIV departamenti boshlig‘i vakolatlari doirasiga kirmaydigan ishni qilgandan ko‘ra, bizning mamlakatimizda ro‘y berayotgan jarayonlarni, o‘zgarishlarni, shu jumladan, Rossiya va boshqa davlatlar bilan amalga oshirilayotgan ijobiy munosabatlarni chuqurroq tahlil qilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Aynan shu bugun Toshkent viloyatining Angren shahrida Sovet Ittifoqi qahramoni, Italiya milliy qahramoni Fedor Poletayevga o‘rnatilgan haykal qayta tiklandi.

    Mana sizga xalqimizning asl ruhiyati va mentaliteti to‘g‘risidagi minglab misollarning birgina namunasi. Savollar ko‘p, lekin biz Rossiya rasmiy vakilini asossiz rasmiy bayonot berishda ayblashni istamaymiz. Chunki u tayyor tezisni o‘qidi xolos...

    Ammo uning O‘zbekistonga nisbatan aytgan gaplarining samimiyligi shubha uyg‘otadi.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, men va mening hamkasblarim shuni ishonch bilan ayta olamizki, bizning deputatlarimiz va senatorlarimiz umumxalq muhokamasi asosida davlat tili ustuvorligi, mavqeyini mustahkamlaydigan qonun loyihasini, albatta, qabul qiladi va ma’qullaydi.

    Yelena Kompolshik, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

    Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev va “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov Mariya Zaxarovaning mazkur bayonotiga o‘z munosabatlarini bildirgandi. Shuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

    18.05.2020, 21:44   Izoh (0)   48649
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 31 yoshli erkakni o‘ldirib, murdasini bo‘laklarga bo‘lgan shaxs bu ishni qanday amalga oshirganini aytib berdi (video)

    18.05.2020, 21:20

    O‘zbekiston TIV Zaxarovaning rus tilidan foydalanish o‘zbekistonliklarning manfaatlariga mos kelishi haqidagi gaplari yuzasidan izoh berdi

    18.05.2020, 21:08

    Surxondaryoda tuman hokimi buzib yubormoqchi bo‘lgani aytilgan eski bozorga viloyat hokimi borib bozor buzilmasligini aytdi

    18.05.2020, 20:56

    O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida 19-may kuni shamol tezligi kuchayishi mumkin

    18.05.2020, 20:33

    Toshkentda koronavirusga chalingan yana 21 nafar bemor tuzaldi

    18.05.2020, 19:41

    Sirdaryoda suv ostida qolgan 25 ta aholi punktidan 13 tasi suvdan tozalandi

    18.05.2020, 19:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 15:23

    “Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozondi” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 13 avgust, 15:15

    O‘zbekistonda fermerlarga paxtaning har bir tonnasi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:57

    Shavkat Mirziyoyev paxta “spekulyatsiyasi” bilan shug‘ullanayotganlarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:46

    Misrdagi tilla bilan qoplangan eng qadimgi mumiyo qanday ko‘rinishda? (foto)

    Ilm-fan | 13 avgust, 14:45

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    Shveysariyada tezlikni oshirgan haydovchi 110 ming dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 13 avgust, 14:30

    Surxondaryodagi propan zapravkada portlash yuz berdi (video)

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:30

    Taekvondochi Tramp, sambo bilan professional shug‘ullangan Putin va qora belbog‘ sohibi To‘qayev: sport unvonlariga ega davlat rahbarlari haqida bilasizmi?

    Sport | 13 avgust, 14:24

    “Mullalar hayotingizni izdan chiqarishiga yo‘l qo‘ymang”: Netanyaxu eronliklarni isyonga chaqirdi

    Dunyo | 13 avgust, 14:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.