Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Xorazm viloyatida 18 nafar va Namangan viloyatida 5 nafar, jami 30 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqash vazirligi.
12-mayning o‘zida jami 52 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda COVID-19’dan sog‘ayganlar soni 2040 nafarni tashkil etmoqda.
Avval 12-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirus aniqlanganlar soni 2519 nafarga yetgani xabar qilingandi. Sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari jami 469 nafar bemor davolanmoqda. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 10 kishi infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)