Internetda real hayotdagi obyektlarni smartfon yordamida to‘g‘ri fotoshopga o‘tkazish imkonini beruvchi yangi mobil ilova paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi Hi-Tech.Mail.ru.
Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Cyrildiagne nomi ostidagi rassom va dasturchi smartfon kamerasi yordamida obyektlardan nusxa ko‘chirib, ularni kompyuterga o‘tkazish imkonini beradigan dasturning videosi bilan bo‘lishdi. Buning uchun hech nimani bosish kerak emas, barchasi avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
https://twitter.com/cyrildiagne/status/1256916982764646402
Smartfon kamerasini istalgan obyektga to‘g‘irlash kerak, masalan, videodagi kabi tuvakdagi gulga. Smartfon obyekt chegarasini aniqlaydi va uni fondan ajratadi, tayyor tasvir paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng u o‘simlik bilan kamerani noutbuk ekraniga yo‘naltiradi va suratni fotoshopning ishchi sohasiga joylashtiradi. Natijada qo‘shimcha reallikning g‘ayrioddiy qo‘llanilishi paydo bo‘ladi. Quyidagi kabi:
Real hayotdagi obyektlardan nusxa ko‘chirish dasturi endi yaratilmoqda. Hozirda suratni yaratish uchun 2,5 soniya kerak bo‘ladi, kompyuterga o‘tkazish uchun esa 4 soniya. Bu kabi amaliyotlarni bajarish uchun avvallari biror buyumni suratga olish, uni kompyuterga yuklash, fonni qo‘lda qirqib tashlash va fotoshopga joylashtirish kerak bo‘lardi. Hozirda esa bularning barchasi smartfon va qo‘shimcha reallik yordamida 7 soniyaga qadar qisqargan.