Jizzaxda bir-biri bilan urishayotgan ikki ilon tasvirga olindi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Nurota davlat qo‘riqxonasida sariq ilonlar suratga olindi. Sariq ilonlar oyoqlari bo‘lmasa ham kaltakesak hisoblanadi. Dunyoda ularning uch turi mavjud. O‘zbekiston hududida bir turi uchraydi.
Oldingi oyoqlari umuman yo‘q. Orqa oyoqlarini o‘rniga qorin ostida dungchalar bor. Erkaklarining olishuvi tabiatda tez-tez uchrab turadi. Urg‘ochilari 10-14-tagacha tuxum qo‘yadi.
Ushbu video va fotosuratlar Nurota davlat qo‘riqxonasi nozirlari G‘iyos Shakarov va Shuhrat Musayevlar tamonidan olingan.
Izoh (0)