Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omborida yuz bergan vaziyat sababli Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.
Davlat rahbari 2-may kuni suv omboriga borib, to‘g‘onni tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mutaxassislar bilan atroflicha muhokama qilgan holda dambani mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident 1-may kuni zudlik bilan Sirdaryo viloyatiga yetib kelib, sirdaryolik faollar bilan muloqotdan so‘ng, to‘g‘onning buzilgan joyini borib ko‘rgan edi.
Izoh (0)