Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel, seshanba kuni, Buxoro viloyatiga safari chog‘ida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Rasmiy axborotda ta’kidlanishicha, “muborak Ramazon kunlarida Alloh taolodan xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, yurtimizni turli balo-ofatlardan asrashini tilab duo qilindi”.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro xalqaro aeroportida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish, aholi, fermer va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazirlik va idoralarga topshiriqlar bergan.
Shuning bilan Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Mavzuga doir:
- Shamoldan zarar ko‘rgan Qorako‘l va Olot — Prezident vertolyotidan olingan suratlarda
- Shavkat Mirziyoyev — Buxoroga yopirilgan shamol haqida: Bunday tabiiy ofat ilgari kuzatilmagan
- “Talafot oqibatlari tezda bartaraf etiladi”. Mirziyoyev tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholiga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha topshiriq berdi
Izoh (0)