BBC telekanalida ob-havo ma’lumotlarini o‘qiydigan boshlovchi Ouayn Uin Evans ham boshqa hamkasblari kabi karantin paytida uydan ishlamoqda.
U so‘nggi chiqishlaridan birini musiqa chalib berish bilan yakunladi.
Boshlovchi “O‘zingizni ehtiyot qiling, ko‘rishguncha” dedi va uyiga yugurib kirib barabanda BBC News dasturi musiqasining kover versiyasini chalib berdi.
https://twitter.com/OwainWynEvans/status/1250319769678409735
Britaniyalik komik Bill Beylining aytishicha, BBC News dasturining musiqasi apokaliptik ovozga o‘xshaydi.
Jurnalistlarning fikricha, bu musiqa tomoshabinlarni pandemiya haqidagi xabarlarni ko‘rishga tayyorlaydi.
Izoh (0)