Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalariga koronavirus infeksiyasining kirib kelishini oldini olishda Bosh boshqarma tomonidan olib borilayotgan ishlarga ko‘maklashish uchun insonparvarlik yordamini ko‘rsatdi.

Foto: IIV JIEBB matbuot xizmati

Foto: IIV JIEBB matbuot xizmati

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (JIEBB) matbuot xizmati xabariga ko‘ra, insonparvarlik yordami o‘z ichiga 15 turdagi turli tibbiy himoya (yuz niqoblari, tibbiy qo‘lqoplar, himoya kostyumlari, bog‘lov materiallari), kir yuvish va shaxsiy gigiyena hamda antibakterial vositalarni jamlagan bo‘lib, uning umumiy qiymati 180 million so‘mdan ortiqdir.

Foto: IIV JIEBB matbuot xizmati

Foto: IIV JIEBB matbuot xizmati

Ushbu vositalar tarbiya koloniyasidagi voyaga yetmagan mahkumlar va mahkum ayollarning koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan maxsus kontingent uchun, shuningdek, ushbu muassasalarda xizmat qilayotgan xodimlarga maqsadli ravishda yetkazib berildi.

Foto: IIV JIEBB matbuot xizmati

Foto: IIV JIEBB matbuot xizmati

JIEBB rahbariyati jazoni ijro etish muassasalarida COVID-19 infeksiyasi kirib kelishining oldini olish bo‘yicha ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Jon Makgregorga minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston XitoyEronAfg‘onistonQirg‘izistonTojikistonBelarusga insonparvarlik yordami jo‘natdi. Ozarbayjonga ham insonparvarlik yordami yuborilishi kutilmoqda. O‘z navbatida O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun XitoyBAA va AQShdan yordam oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tramp AQSH konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi
Maslahatlar
Saratonga qarshi va immunitet uchun foydali: “Xolodes” tayyorlash uchun 5 ta sabab
Dunyo
Dollarning qadrsizlanishi oqibatida oltin narxi oshib bormoqda