Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston hukumati Belarus Respublikasiga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Ushbu yordam Belarus xalqiga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yordam beradi, deyiladi agentlik xabarida.

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan yuklarga tibbiy niqoblar va qo‘lqoplar, himoya kombinezonlari, antiseptiklar va koronavirus bilan kurashda foydalaniladigan boshqa zarur tibbiy buyumlar kiritilgan.

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Do‘stona yordam Minskka O‘zbekiston Mudofaa vazirligining samolyotida yetkaziladi.

Avval Xitoydan yuborilgan navbatdagi insonparvarlik yordamining Toshkentga olib kelingani, XXRdan yuborilgan buyumlar orasida futbolchi Odil Ahmedov va tadbirkor Gulbahor Tojimirzayevaning tibbiy buyumlar ko‘rinishidagi xayriya yuklari ham borligi, shuningdek, murabbiy Samvel Babayanning ham ijtimoiy yordam sifatida O‘zbekistonga tibbiyot buyumlari yuborgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?