Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

9-aprel kuni Dushanbega O‘zbekiston Prezidenti tomonidan yuborilgan 18 vagon gumanitar yordam yetib bordi, deb xabar beradi Asia-Plus.

Ta’kidlanishicha, vagonlar ichidan ming tonna un, antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar, tibbiyot xalatlari, qo‘lqop va niqoblar, baxilalar, respirator va tibbiy ko‘zoynaklar o‘rin olgan. Gumanitar yordamni kutib olishga Tojikiston bosh vazir o‘rinbosari Azim Ibrohim va sog‘liqni saqlash vaziri Nasim Olimzoda chiqqan.

Avvalroq O‘zbekiston Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun gumanitar yordam jo‘natgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston Xitoyga va Eronga gumanitar yordam jo‘natdi. O‘z navbatida, O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun XitoyBAA va AQShdan yordam oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Prezident tashrif buyurgan Andijon tumanidagi 55-maktab — suratlarda 
Mahalliy
Slovakiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident